O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi
-modda. Bojxona organining ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 357-modda. Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summalarini qaytarish tartib-taomili
356-modda. Bojxona organining ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining
summalarini qaytarish to‘g‘risidagi qarori Bojxona organi ariza kelib tushgan va zarur hujjatlar taqdim etilgan kunning ertasidan e’tiboran o‘n ish kuni ichida to‘lovchining ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summalarini qaytarish to‘g‘risidagi arizasiga ko‘ra qaror qabul qiladi. Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summalarini qaytarish to‘g‘risidagi arizada va taqdim etilgan hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning bojxona organi tomonidan qo‘shimcha tekshiruvini amalga oshirish zarurati tug‘ilganda, arizani ko‘rib chiqish o‘n ish kunidan oshmaydigan muddatga uzaytiriladi. Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summalarini qaytarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda bojxona organi arizachini yozma shaklda xabardor qiladi. Yozma xabardan keyin arizachi bojxona organi bilan birga o‘zaro hisob-kitoblarni taqqoslash dalolatnomasini tuzadi. Bojxona organi ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summalarini qaytarishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan taqdirda arizachini qabul qilingan qaror haqida rad etishning asoslantirilgan sabablarini ko‘rsatgan holda yozma shaklda xabardor qiladi. 357-modda. Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summalarini qaytarish tartib-taomili Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summalarini qaytarish bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona rasmiylashtiruvida avval hisoblangan bojxona to‘lovlariga tuzatishlar kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summalarini qaytarish mazkur summalarni quyidagi tartibda o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi: to‘lovchining arizada ko‘rsatilgan hisobvarag‘iga; ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda, bojxona organining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga; to‘lov amalga oshirilgan valyutada; dastlabki pul mablag‘lari hisobiga; bojxona organlari oldidagi boshqa majburiyat bo‘yicha bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash uchun. To‘lovchida bojxona to‘lovlarini, shuningdek penyani yoki foizlarni to‘lash bo‘yicha qarzdorlik bo‘lgan taqdirda, bojxona organi qarzdorlikni to‘lovchining roziligi bilan ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlari summasi hisobidan to‘lanishini amalga oshiradi. Bunda ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summasi to‘lovchiga ushbu qarzdorlik miqdoridagi bojxona to‘lovlarini, penyani yoki foizlarni to‘lash bo‘yicha qarzdorlik chegirib tashlangan holda qaytariladi. Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summalari qaytarilayotganda ular uchun foizlar to‘lanmaydi va qaytarilayotgan to‘lov summasi indeksatsiyalanmaydi. Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summalarini qaytarish bojxona to‘lovlari turi bo‘yicha bojxona organining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan, tovarlari bojxona jihatidan rasmiylashtirilgan boshqa to‘lovchilarning mablag‘laridan va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lardan amalga oshiriladi. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling