O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi
-modda. Bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha qarzdorlikni to‘lovchining mol-mulkini
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 352 -modda. Bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha qarzdorlikni umidsiz deb e’tirof etish
352-modda. Bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha qarzdorlikni to‘lovchining mol-mulkini
realizatsiya qilishdan tushgan pul mablag‘lari hisobidan undirish Bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha qarzdorlikni to‘lovchining mol-mulkini realizatsiya qilishdan tushgan pul mablag‘lari hisobidan undirish uning hisobvaraqlarida bojxona organining inkasso topshiriqnomasi qo‘yilgan paytdan e’tiboran olti oydan ko‘proq muddatda pul mablag‘lari bo‘lmagan taqdirda qo‘llaniladi. Bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha qarzdorlikni to‘lash hisobiga undiruvni mol-mulkka qaratish bojxona organining da’vo arizasiga asosan sud tartibida amalga oshiriladi, bundan undiruvni bojxona organiga garov narsasi sifatida berilgan mol-mulkka qaratish bojxona organi va garovga qo‘yuvchi o‘rtasidagi shartnoma shartlariga qarab amalga oshiriladigan hollar mustasno. Oldingi tahrirga qarang. 352 -modda. Bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha qarzdorlikni umidsiz deb e’tirof etish Majburiyatning sud qaroriga ko‘ra tugatilganligi oqibatida yoxud qarzdor bankrot bo‘lganligi, tugatilganligi yoki vafot etganligi oqibatida to‘lanishi mumkin bo‘lmagan bojxona to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlik umidsiz qarz deb hisoblanadi. Bojxona organlarining qaroriga ko‘ra bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha qarzdorlik quyidagi hollarda umidsiz qarz deb e’tirof etiladi: 1 1) yuridik shaxs tugatilganda — uning bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha qarzining o‘z mol- mulki yetarli emasligi va (yoki) qarzdorlikni qonunchilikda belgilangan doirada va tartibda ushbu yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) tomonidan uzish mumkin bo‘lmaganligi sababli uzilmay qolgan qismi bo‘yicha; 2) yakka tartibdagi tadbirkor bankrot deb e’tirof etilganda — bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha qarzning qarzdorning mol-mulki yetarli emasligi sababli uzilmay qolgan qismi bo‘yicha; 3) jismoniy shaxs vafot etganda yoki jismoniy shaxs vafot etgan deb e’lon qilinganda — uning bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha qarzining o‘z mol-mulki yetarli emasligi sababli, shu jumladan meros davlat mulkiga o‘tgan taqdirda uzilmay qolgan qismi bo‘yicha; 4) chet el yuridik shaxsi soliq organidan hisobdan chiqarilganda — uning bojxona to‘lovlari bo‘yicha qarzdorligining doimiy muassasaning mol-mulki yetarli emasligi hamda O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan yuridik shaxs tomonidan qarzdorlikni qonunchilikda belgilangan doirada va tartibda uzish mumkin bo‘lmaganligi sababli uzilmay qolgan qismi bo‘yicha. Undirilishi umidsiz deb e’tirof etilgan mazkur qarzdorlik ushbu chet el yuridik shaxsi soliq organida qaytadan hisobga qo‘yilganda tiklanishi lozim. Undirilishi umidsiz deb e’tirof etilgan bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha qarzdorlikni hisobdan chiqarish tartibi va ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi. (352 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-maydan kuchga kiradi) Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling