O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-bob. Bojxona to‘lovlari summalarini qaytarish


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

49-bob. Bojxona to‘lovlari summalarini qaytarish
353-modda. Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summalarini
qaytarish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq to‘lanishi lozim bo‘lgan summadan oshadigan
miqdorda bojxona to‘lovlari sifatida to‘langan yoki undirilgan pul mablag‘larining summalari
ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlari summalari hisoblanadi.
(353-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summalari shunday to‘lovlar
to‘langan yoxud undirilgan paytdan e’tiboran uch yil ichida qaytarilishi yoki dastlabki pul
mablag‘lari hisobiga o‘tkazilishi lozim, bundan ushbu moddaning 
uchinchi 
va 
to‘rtinchi qismlarida
ko‘rsatilgan hollar mustasno.
Eng ko‘p qulaylik berish rejimi yoki erkin savdo rejimi qo‘llanilgan (tiklangan) taqdirda,
ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summalari ushbu to‘lovlar to‘langan yoki
undirilgan paytdan e’tiboran bir yil ichida, bojxona organiga lozim darajada rasmiylashtirilgan
tovarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikatni taqdim etish sharti bilan qaytarilishi yoxud dastlabki
pul mablag‘lari hisobiga o‘tkazilishi kerak.
Qaytarilishi reeksport va reimport bojxona rejimlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak
bo‘lgan ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summasini qaytarish ushbu
Kodeksning 
35 
va 
59-moddalarida 
belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi lozim.
Tovarlarni bojxona to‘lovlari to‘lanishini nazarda tutuvchi bojxona rejimiga joylashtirish sanasi
ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlari summalarining to‘lanish yoki undirilish paytidir.
Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summalarini qaytarish quyidagi
hollarda amalga oshiriladi:
to‘lovchi tomonidan ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlari summalarini
qaytarish to‘g‘risida ariza berilganda;
bojxona to‘lovlari summalarining ortiqcha to‘langanligi yoki undirilganligi fakti aniqlanganda.
Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summasi, agar uni qaytarish
to‘g‘risidagi ariza ushbu moddaning 
ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida 
belgilangan tegishli muddatlar
1


tugaganidan keyin topshirilgan bo‘lsa, bojxona organlari tomonidan qaytarilmaydi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling