O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

10-bob. Reimport
58-modda. Reimport bojxona rejimi
Reimport bojxona rejimi shunday rejimki, bunda ilgari bojxona hududidan olib chiqilgan
tovarlar bojxona bojlari, soliqlar to‘lanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmagan holda,
ushbu Kodeksning 
59-moddasida 
belgilangan muddatlarda bojxona hududiga qaytarib olib
kiriladi.
Reimport bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarga erkin muomalaga chiqarilgan tovar sifatida
qaraladi.


Qisman yoki boshqa tarzda shikastlanishlari bo‘lgan, shikastlanish chog‘ida holati
yomonlashgan tovarni reimport bojxona rejimiga joylashtirishga bu holat avariya yoki yengib
bo‘lmas kuch ta’siri oqibatida ro‘y berganligi tasdiqlangan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
Tovar reimport bojxona rejimiga joylashtirilguniga qadar uni normal holatda saqlab turish
bo‘yicha turli operatsiyalar, shu jumladan mayda ta’mirlash operatsiyalari va texnik xizmat
ko‘rsatish, bundan tovarni kapital ta’mirlash va modernizatsiya qilish mustasno, amalga oshirilishi
mumkin va ular tovar qiymati oshib ketishiga olib kelmasligi kerak.
Oldingi
 tahrirga qarang.
(58-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli
Qonuniga 
asosan 2022-yil 3-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
(58-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli
Qonuniga 
asosan 2022-yil 3-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son)
Tovar reimport bojxona rejimiga joylashtirilgan taqdirda tovarning amalda reimport
qilinayotgan qismiga nisbatan tovar eksport bojxona rejimida bojxona hududidan olib
chiqilayotganda to‘langan bojxona bojlarining va soliqlarning summalarini qaytarish, basharti tovar
mazkur tovarni olib chiqqan shaxsning ayni o‘zi yoki uning huquqiy vorisi (merosxo‘ri) tomonidan
olib kirilayotgan bo‘lsa, ushbu Kodeksning 
49-bobida 
nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tovar reimport qilinayotganda tovarni olib o‘tayotgan vakolatli shaxs to‘lovlar sifatida olingan
yoki tovar bojxona hududidan olib chiqilayotganda berilgan boshqa imtiyozlar natijasida olingan
summalarni qonunchilikda belgilangan tartibda qaytaradi.
(58-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling