O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimi


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

128-modda. Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimi
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimi shunday rejimki, bunda vakolatli shaxs tovardan
voz kechadi hamda uni bojxona to‘lovlari to‘lanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmagan


holda tekinga davlat mulkiga o‘tkazadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
(128-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli
Qonuniga 
asosan 2022-yil 3-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son)
129-modda. Tovarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirish talablari
va shartlari
Tovardan davlat foydasiga voz kechish davlatning biror-bir xarajat qilishiga sabab bo‘lmasligi
kerak.
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga quyidagi tovar joylashtirilmaydi:
bojxona hududiga olib kirilishi taqiqlangan tovar;
muomaladan chiqarilgan yoki muomalasi cheklangan tovar;
agar tovar vakolatli organlar tomonidan nazorat qilinishi lozim bo‘lsa, bojxona organlarining
axborot tizimida unga nisbatan ushbu organlarning tegishli ruxsatnomasi bo‘lmagan tovar.
Oldingi
 tahrirga qarang.
(129-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli
Qonuniga 
asosan 2022-yil 3-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son)
Tovardan davlat foydasiga voz kechgan vakolatli shaxs uni bojxona organi tomonidan
belgilanadigan joyga yetkazib berish bilan bog‘lik barcha xarajatlarni o‘z zimmasiga oladi.
Tovar davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilganidan keyin vakolatli shaxs
mazkur bojxona rejimini boshqasiga almashtirishga haqli emas.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tovarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirishning qonuniyligi uchun har
qanday uchinchi shaxs oldida javobgarlik vakolatli shaxsning zimmasida bo‘ladi.
(129-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-
maydan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bojxona organi:
(129-modda oltinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi
O‘RQ-748-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-
son — 2022-yil 3-maydan kuchga kiradi)
vakolatli shaxs davlat foydasiga voz kechgan tovarga nisbatan uchinchi shaxslarning biror-bir
mulkiy talabini qanoatlantirmaydi;
tovar davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilguniga qadar tashuvchining,
ombor egasining yoki boshqa shaxslarning shu tovarni tashish, saqlash, u bilan yuk operatsiyalari va
boshqa operatsiyalar o‘tkazish bilan bog‘liq biror-bir xarajatining o‘rnini qoplamaydi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling