Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtiriladigan
tovarning bojxona
rasmiylashtiruvi tovar qaysi bojxona organining faoliyat ko‘rsatish zonasida turgan bo‘lsa, o‘sha
bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtiriladigan
tovar vakolatli shaxs
tomonidan bojxona organiga topshirilayotganda ikki nusxada dalolatnoma tuziladi.
Dalolatnomaning bir nusxasi bojxona organida saqlanadi. Dalolatnomaning
ikkinchi nusxasi
vakolatli shaxsga beriladi.
(131-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-
maydan kuchga kiradi)
Oldingi
tahrirga qarang.
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar davlat mulkini boshqarish
bo‘yicha vakolatli organga qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda topshiriladi.
(131-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Do'stlaringiz bilan baham: