O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi ariza


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

135-modda. Ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi ariza
Ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi arizaning shakli O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona
qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi arizada vakolatli shaxsning elektron manzili ko‘rsatilishi
mumkin. Ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi arizada vakolatli shaxsning elektron manzili
ko‘rsatilganligi uning o‘z arizasi bo‘yicha qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi xabarni axborot tizimi
orqali elektron shaklda olishga bo‘lgan roziligidir.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu Kodeksning 
134-moddasida
ko‘rsatilgan hujjatlar vakolatli shaxs tomonidan bojxona
organiga Interaktiv davlat xizmatlarining yagona portali orqali “bir darcha” prinsipi bo‘yicha taqdim
etiladi.
(135-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-
maydan kuchga kiradi)
Vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlar bojxona organi
uning aksini tasdiqlamagunicha barcha hollarda to‘g‘ri deb hisoblanadi.
Ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun
javobgarlik vakolatli shaxsning zimmasida bo‘ladi.
136-modda. Ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish
Bojxona organi tegishli ruxsatnomani berish to‘g‘risidagi arizani olganidan so‘ng ushbu
Kodeksda nazarda tutilgan talablar va shartlarga rioya etilganligini tekshiradi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
(136-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli
Qonuniga 
asosan 2022-yil 3-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son)
Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash va bojxona hududida qayta ishlashga
ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqishda bojxona organi:
vakolatli organlarning ruxsatnomalari mavjudligini tekshiradi, agar tovarlar yoki qayta ishlash
mahsulotlari shu organlar tomonidan nazorat qilinishi lozim bo‘lsa;
qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasini belgilaydi;
qayta ishlash mahsulotlarining majburiy chiqish normalarini aniqlashda qiyinchilik bo‘lgan
taqdirda o‘rganib chiqish, tadqiq etish, tekshirish yoki boshqa ilmiy va texnik jihatdan baho berish
uchun uchinchi shaxslarni jalb qiladi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling