O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini vaqtincha olib


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

146-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini vaqtincha olib
kirish muddati
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini vaqtincha olib kirish muddati
tashuvchining yoki vakolatli shaxsning arizasidan kelib chiqqan holda va mo‘ljallanayotgan
transport operatsiyasining barcha holatlari hisobga olingan holda bojxona organi tomonidan
belgilanadi. Bunda tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini bojxona to‘lovlaridan
ozod etilgan holda vaqtincha olib kirishning umumiy muddati u olib kirilgan sanadan e’tiboran
to‘qson kalendar kundan oshmasligi kerak. Vaqtincha olib kirilgan transport vositasini qaytarib olib
chiqish ushbu transport operatsiyasi tugallanganidan so‘ng darhol amalga oshirilishi lozim.
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini vaqtincha olib kirish ushbu
moddada nazarda tutilgan muddatlarda qaytarib olib chiqish bilan tugallanadi. Tijorat
maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini vaqtincha olib kirish, ushbu Kodeksda tovarlarni
vaqtincha olib kirish bojxona rejimini tugallash uchun nazarda tutilgan tartibda tugallanishi
mumkin.
147-modda. Vaqtincha olib kirilgan tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport
vositalari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar
Vaqtincha olib kirilgan tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalari bilan bojxona
hududida ulardan foydalanilayotganda zarur bo‘lgan ta’mirlash yoki texnik xizmat ko‘rsatish
operatsiyalarini bajarishga yo‘l qo‘yiladi.
148-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini vaqtincha olib
chiqish
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini mazkur transport vositasi bojxona
hududidan tashqarida qanday shaxs tomonidan va qanday maqsadlarda foydalanilishidan qat’i
nazar, agar u bojxona hududida erkin muomalada turgan bo‘lsa, vaqtincha olib chiqishga yo‘l
qo‘yiladi. Bunda bojxona to‘lovlari undirilmaydi.
Ilgari vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilgan transport vositasini vaqtincha olib
chiqishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda shu transport vositasiga nisbatan vaqtincha olib kirish bojxona
rejimining amal qilishi va shartlari bojxona to‘lovlarini to‘lash maqsadlari uchun uni boshqa bojxona
rejimiga joylashtirish to‘g‘risida ma’lum qilinguniga qadar tugatilmaydi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling