O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalarining uskunalarini va


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

153-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalarining uskunalarini va
ehtiyot qismlarini vaqtincha olib chiqish
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalari bilan birga olib chiqiladigan va ular
bilan qaytarib olib kirish uchun mo‘ljallangan, yuklarni ortish, tushirish, ularga ishlov berish va ularni
himoyalash uskunalari, transport vositalaridan alohida foydalanish mumkinligi yoki mumkin
emasligidan qat’i nazar, vaqtincha olib chiqilgan taqdirda ular bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod
etilishi lozim.
Tijorat maqsadlarida foydalanishga vaqtincha olib chiqilgan transport vositasiga o‘rnatilgan
qismlarni va uskunalarni almashtirish maqsadida ta’mirlash yoki texnik xizmat ko‘rsatilayotganda
foydalanish uchun mo‘ljallangan uskunalar va ehtiyot qismlar vaqtincha olib chiqilgan taqdirda
bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod etilishi lozim.
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalarining almashtirilgan uskunalari va
ehtiyot qismlari bojxona to‘lovlari to‘lanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmagan holda
bojxona hududiga qaytarib olib kiriladi.
154-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalarining bojxona
rasmiylashtiruvi
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi
transport vositasi uchun deklaratsiyani bojxona organi tomonidan qabul qilish orqali amalga
oshiriladi.
23-bob. Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni va transport vositalarini notijorat maqsadlarda
olib o‘tish
155-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o‘tiladigan tovarlar
Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan yoki olib chiqiladigan
va tadbirkorlik faoliyati uchun mo‘ljallanmagan tovarlar jismoniy shaxslar tomonidan notijorat
maqsadlarda olib o‘tiladigan tovarlar hisoblanadi.
Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o‘tiladigan tovarlar bojxona
chegarasi orqali soddalashtirilgan tartibda va ushbu bobda nazarda tutilgan imtiyozlar qo‘llanilgan
holda olib o‘tiladi.
Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlarning qanday
maqsadga mo‘ljallanganligini aniqlashda quyidagilar hisobga olinadi:
tovarlarning miqdori, bunda tovarlarni olib o‘tayotgan jismoniy shaxs va uning oila a’zolari
ehtiyojlaridan ortiq miqdordagi bir turdagi tovarlarga, agar tovarlarni olib o‘tayotgan shaxs aksini
isbotlab bermasa, tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun olib kirilayotgan tovarlar deb qaraladi;
tovarlarni olib o‘tishning takroriyligi, bunda ayni bir shaxs tomonidan bir turdagi tovarlarning
bir necha bor olib kirilishiga, agar tovarlarni olib o‘tayotgan shaxs aksini isbotlab bermasa,


tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun tovarlarni olib kirish deb qaraladi;
safarning holatlari, bunda safarning maqsadi va uning davomiyligi hisobga olinadi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling