156-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni notijorat maqsadlarda olib o‘tishning
soddalashtirilgan tartibi
Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni notijorat maqsadlarda bojxona chegarasi orqali olib
o‘tish quyidagilarni nazarda tutuvchi soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi:
tovarlarga nisbatan iqtisodiy siyosat choralari, shu jumladan tovarlarning xavfsizligiga oid
standartlarga va talablarga muvofiqligini majburiy tasdiqlash qo‘llanilmasligi, bundan erkin
muomalaga chiqarish (import) yoki eksport bojxona rejimlariga tovar sifatida joylashtiriladigan
transport vositasi mustasno;
tovarning bojxona yuk deklaratsiyasi to‘ldirilmaydigan bojxona rasmiylashtiruvi tartibi,
bundan erkin muomalaga chiqarish (import) yoki eksport bojxona rejimlariga tovar sifatida
joylashtiriladigan transport vositasi mustasno.
157-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan olib o‘tiladigan tovarlarga nisbatan bojxona
to‘lovlarining qo‘llanilmasligi
Bojxona to‘lovlari quyidagilarga nisbatan qo‘llanilmaydi:
Oldingi
tahrirga qarang.
jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda xalqaro pochta va kuryerlik
jo‘natmalarida yuborilayotgan tovarlarga nisbatan, tovarlarni qonunchilikda belgilangan bojsiz olib
kirish normasi doirasida;
jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o‘tilayotgan tovarlarga nisbatan,
tovarlarni qonunchilikda belgilangan bojsiz olib kirish normasi doirasida, bundan jismoniy shaxs
manziliga kelayotgan tovarlar mustasno;
(157-moddaning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi
O‘RQ-748-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-
son — 2022-yil 3-maydan kuchga kiradi)
doimiy yashash joyi o‘zgarganligi munosabati bilan jismoniy shaxslar tomonidan bojxona
chegarasi orqali olib o‘tilayotgan shaxsiy mol-mulkka nisbatan, bundan transport vositalari
mustasno.
Do'stlaringiz bilan baham: |