miqdor texnologik jihatdan shartlashilgan joylarda o‘rnatilgan, mazkur tovarlarning o‘tishini qayd
qiluvchi hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlari asosida
hamda vakolatli organlarning
ma’lumotlariga ko‘ra aniqlanadi.
Quyidagilar bo‘lmagan taqdirda muvaqqat bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etishga
ruxsat etiladi:
O‘zbekiston Respublikasi imzolagan xalqaro shartnomalar;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib o‘tiladigan
tovarlarning amalda olib
o‘tilish hajmi va qiymatini aniqlash imkoniyati;
kontraktlar (shartnomalar, kelishuvlar) vakolatli organlarda ro‘yxatdan o‘tkazilmaganda.
Muvaqqat bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etishda bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim
etish muddati tovarlarni yetkazib berishning hisob-kitob oyi tugagan sanadan e’tiboran to‘qson
kalendar kundan oshmasligi kerak.
Bojxona chegarasidan quvur transportida tranzit tarzida olib o‘tiladigan
tovarlarni
deklaratsiyalash haqiqatda yetkazib berilgan har bir kalendar oydan keyingi oyning yigirma
beshinchi sanasidan kechiktirmay bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etish yo‘li
bilan amalga
oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: