O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Bojxona nazorati uchun zarur bo‘ladigan hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

184-modda. Bojxona nazorati uchun zarur bo‘ladigan hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim
etish
Bojxona organi bojxona nazoratini o‘tkazish uchun:
nazorat qilinishi bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyatni amalga oshiruvchi
vakolatli shaxslardan va boshqa shaxslardan bojxona nazoratini o‘tkazish uchun zarur hujjatlar va
ma’lumotlarni;
tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi
organlardan va boshqa organlardan bojxona nazoratini o‘tkazish uchun zarur hujjatlar va


ma’lumotlarni talab qilib olish huquqiga ega.
Hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etish to‘g‘risida so‘rov yo‘llangan, ushbu moddaning
birinchi qismida 
ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar va organlar ushbu hujjatlar va ma’lumotlarni bojxona
organiga mumkin qadar qisqa muddatlarda yuborishi shart.
Bojxona deklaratsiyasi hamda bojxona nazoratini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan boshqa
hujjatlar tovarlar bojxona nazorati ostida turgan tovar maqomini yo‘qotgan yildan keyingi yildan
e’tiboran uch yil davomida saqlanadi.
185-modda. Bojxona organlari mansabdor shaxslarining bojxona nazorati ostida turgan
tovarlar saqlanadigan joylarga kirishini ta’minlash
Oldingi
 tahrirga qarang.
Binolarida va hududlarida bojxona nazoratidan o‘tishi lozim bo‘lgan tovarlar va (yoki) transport
vositalari, bojxona nazorati uchun zarur hujjatlar turgan yoki turishi ehtimoli bo‘lgan yoxud nazorat
qilinishi bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy
shaxslar shu binolarga va hududlarga bojxona organlarining mansabdor shaxslariga ular xizmat
guvohnomasini ko‘rsatgan taqdirda kirish imkonini beradi. Agar O‘zbekiston Respublikasining
qonunchiligida yoki xalqaro shartnomalarida davlat organlari mansabdor shaxslarining alohida
obyektlarga kirishi uchun boshqacha tartib belgilangan bo‘lsa, bojxona organlarining mansabdor
shaxslari bu obyektlarga O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida yoki xalqaro shartnomalarida
belgilangan tartibda kirishga haqli.
(185-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling