O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Bojxona nazorati uchun zarur yuk operatsiyalarini va boshqa operatsiyalarni


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

186-modda. Bojxona nazorati uchun zarur yuk operatsiyalarini va boshqa operatsiyalarni
amalga oshirish
Bojxona organining talabiga ko‘ra vakolatli shaxs tovarlar va (yoki) transport vositalari bilan
yuk operatsiyalarini amalga oshirishi, shuningdek bojxona nazoratidan o‘tishi kerak bo‘lgan
tovarlarning o‘rov-idishini ochishi, ularni tarozida tortishi yoki boshqacha tarzda ularning miqdorini
aniqlashi shart.
Tovarlar va (yoki) transport vositalari bilan amalga oshiriladigan yuk operatsiyalari hamda
boshqa operatsiyalar bojxona organi uchun biror-bir qo‘shimcha xarajatlar keltirib chiqarmasligi
kerak.
187-modda. Bojxona rasmiylashtiruvida bojxona deklaratsiyasini, boshqa hujjatlarni,
tovarlarni va (yoki) transport vositalarini tekshirish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bojxona rasmiylashtiruvida bojxona organi bojxona deklaratsiyasini hamda bojxona
rasmiylashtiruvi uchun taqdim etilgan boshqa hujjatlarni, tovarni va (yoki) transport vositasini
taqdim etilgan hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini hamda ushbu hujjatlarning,
tovarning va (yoki) transport vositasining bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan talablarga
muvofiqligini aniqlash maqsadida tekshiradi.
(187-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Tovar va (yoki) transport vositasi chiqarib yuborilguniga qadar bojxona organi tovar va (yoki)
transport vositasi nomining, ular ishlab chiqarilgan mamlakatning, tovar va (yoki) transport vositasi
miqdori va qiymatining bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga hamda bojxona
rasmiylashtiruvi uchun taqdim etilgan, bojxona maqsadlari uchun foydalanilayotgan boshqa
hujjatlarga muvofiqligini aniqlash uchun zarur bojxona tartib-taomillarini bajaradi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling