O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida yuboriladigan tovarlarni


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

167-modda. Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida yuboriladigan tovarlarni
deklaratsiyalash
Quyidagilarga:
Oldingi
 tahrirga qarang.
a) jismoniy shaxslarning manziliga notijorat maqsadlarda, shuningdek yuridik shaxslar
manziliga xalqaro pochta jo‘natmalarida yuboriladigan, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining
o‘ttiz baravarigacha bo‘lgan miqdordagi tovarlar uchun — Umumjahon pochta ittifoqining
hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlarga;
(167-modda birinchi qismining “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi
O‘RQ-748-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-
son — 2022-yil 3-maydan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
b) jismoniy shaxslarning manziliga notijorat maqsadlarda, shuningdek yuridik shaxslarning
manziliga xalqaro kuryerlik jo‘natmalarida yuboriladigan, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining
o‘ttiz baravarigacha bo‘lgan miqdordagi tovarlar uchun — tijorat hujjatlariga bojxona deklaratsiyasi
sifatida qaraladi.
(167-modda birinchi qismining “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi
O‘RQ-748-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-
son — 2022-yil 3-maydan kuchga kiradi)
Qolgan hollarda xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida yuboriladigan tovarlarni
deklaratsiyalash bojxona yuk deklaratsiyasini berish orqali amalga oshiriladi.
Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida olib chiqiladigan, bojxona yuk deklaratsiyasi
berilishi lozim bo‘lgan tovarlarni deklaratsiyalash mazkur tovarlar pochta aloqasi tashkilotlariga
topshirilayotganda amalga oshiriladi.
168-modda. Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarining bojxona ko‘zdan kechiruvi

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling