O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 169-modda. Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida yuboriladigan tovarlarga doir bojxona to‘lovlari
hamda bojxona ko‘rigi
Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari bojxona ko‘zdan kechiruvini hamda bojxona ko‘rigini o‘tkazish uchun bojxona organlariga xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarini taqdim etadi. Oldingi tahrirga qarang. Bojxona organlariga bojxona ko‘zdan kechiruvi va bojxona ko‘rigi uchun xatlar, pochta kartochkalari va sekogrammalar taqdim etilmaydi, bundan xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida tegishincha bojxona hududiga olib kirilishi yoki ushbu hududdan olib chiqilishi qonunchilikda taqiqlangan yoki cheklangan tovarlar mavjud deb hisoblash uchun bojxona organlarida yetarli asoslar mavjudligi hollari mustasno. Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilayotganda uning miqdorida farqlar, joylanmalarida nomuvofiqliklar hamda bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishining boshqa hollari aniqlangan taqdirda pochta aloqasi operatorining yoki provayderining xodimi bojxona organining mansabdor shaxsi bilan birgalikda bojxona ko‘rigi dalolatnomasini imzolaydi. (168-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida yuboriladigan tovarlarning bojxona ko‘zdan kechiruvi yoki bojxona ko‘rigi o‘tkazilayotganda bojxona organlari bojxona nazoratining texnik vositalaridan foydalanadi. 169-modda. Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida yuboriladigan tovarlarga doir bojxona to‘lovlari Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida yuboriladigan tovarlarga doir bojxona to‘lovlari vakolatli shaxs tomonidan to‘lanadi. Oldingi tahrirga qarang. Jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlar uchun xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida yuboriladigan, qiymati va (yoki) miqdori tovarlarni bojsiz olib kirish normasidan ortiq bo‘lgan tovarlarning ortiq qismi uchun yagona bojxona to‘lovi to‘lanadi. (169-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3- maydan kuchga kiradi) Ushbu Kodeksning 167-moddasiga muvofiq bojxona yuk deklaratsiyasini berish talab qilinmaydigan tovarlar bo‘yicha bojxona to‘lovlari bojxona organlari tomonidan bojxona kirim orderidan foydalangan holda hisoblanadi. Bojxona kirim orderini to‘ldirish va bojxona to‘lovlarini hisoblab chiqarish bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladi. Bojxona yuk deklaratsiyasini berish talab qilinmaydigan tovarlarga bojxona to‘lovlari summalarini hisoblab chiqarish Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlarda va bojxona maqsadlari uchun foydalaniladigan tijorat hujjatlarida ko‘rsatilgan tovarlarning qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi. Tovarlarning qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, tovarlarning bojxona qiymati bojxona organi tomonidan ushbu Kodeksga muvofiq aniqlanadi. Bojxona to‘lovlarini hisoblab chiqarish va ularni to‘lash ushbu Kodeksning VIII bo‘limida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bojxona organi tomonidan bojxona to‘lovlari hisoblangan tovarlarni o‘z ichiga olgan xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari vakolatli shaxsga bojxona to‘lovlari to‘langanidan keyin beriladi. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling