O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o‘tiladigan tovarlarni


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

162-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o‘tiladigan tovarlarni
deklaratsiyalash
Jismoniy shaxslar qo‘l yukida va kuzatib borilayotgan bagajida notijorat maqsadlarda olib
o‘tayotgan tovarlarni deklaratsiyalash jismoniy shaxslar tomonidan ular bojxona chegarasi orqali
o‘tayotganda tovarni taqdim etish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsning qo‘l yukida va kuzatib borilayotgan bagajida olib
o‘tilayotgan tovarlar ularni kuzatib borayotgan shaxs tomonidan deklaratsiyalanadi.
Jismoniy shaxslar tomonidan olib o‘tilayotgan tovarlarni deklaratsiyalash maqsadida bojxona
hududiga kirib kelish yoki ushbu hududdan chiqib ketish joylarida ikki yo‘lakli tizim qo‘llanilishi
mumkin.


Ikki yo‘lakli tizimning qo‘llanilishi bojxona operatsiyalarini bajarish uchun notijorat
maqsadlardagi tovarlarni deklaratsiyalash shakli sifatida “yashil” yoki “qizil” yo‘lakning bojxona
chegarasi orqali o‘tayotgan jismoniy shaxs tomonidan mustaqil ravishda tanlanishini nazarda
tutadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
“Yashil” yo‘lak kirib kelish va chiqib ketish joylarida maxsus belgilangan, jismoniy shaxslarning
notijorat maqsadlardagi qo‘l yuki va kuzatib borilayotgan bagajidagi tovarlarini bojxona
chegarasidan olib o‘tishi uchun mo‘ljallangan joy hisoblanadi. Mazkur tovarlar og‘zaki tarzda
deklaratsiyalanadi, bundan olib kirilishi yoki olib chiqilishi qonunchilikka muvofiq taqiqlangan
yoxud cheklangan tovarlar, shuningdek qiymati va (yoki) miqdori qonunchilikda belgilangan bojsiz
olib kirish normasidan oshib ketgan tovarlar mustasno.
(162-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-
maydan kuchga kiradi)
Jismoniy shaxsning “yashil” yo‘lak orqali o‘tishi bojxona maqsadlari uchun ushbu shaxsda
yozma ravishda deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan tovarlar yo‘qligini bojxona organiga ma’lum qilish
deb qaraladi.
“Qizil” yo‘lak kirib kelish va chiqib ketish joylarida maxsus belgilangan, jismoniy shaxslarning
yozma shaklda deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan qo‘l yuki va kuzatib borilayotgan bagajidagi
tovarlarini, shuningdek deklaratsiyalanishi jismoniy shaxsning ixtiyoriga ko‘ra amalga oshiriladigan
tovarlarni bojxona chegarasidan olib o‘tishi uchun mo‘ljallangan joy hisoblanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
“Yashil” yo‘lakda bojxona nazorati ayrim shakllarining qo‘llanilmasligi jismoniy shaxslar
bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etish majburiyatidan ozod etilganligini
anglatmaydi.
(162-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Bojxona chegarasidan o‘tkazish punktlarida ikki yo‘lakli tizim qo‘llanilishining talablari va
tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Jismoniy shaxsning alohida bagajda notijorat maqsadlarda olib o‘tilayotgan tovarlari ularni
olib o‘tayotgan shaxs yoki ishonchnoma asosida ish olib boruvchi boshqa shaxs tomonidan
deklaratsiyalanishi mumkin. Bojxona organiga ma’lum qilinadigan ma’lumotlarning to‘g‘riligi
uchun javobgarlik tovarlarni deklaratsiyalayotgan shaxsning zimmasida bo‘ladi.
O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsning alohida ketayotgan bagajidagi tovarlar uning ota-onasi,
vasiylari yoki homiylari tomonidan yoxud ota-onasi, vasiylari yoki homiylarining ishonchnomasiga
binoan ish olib boruvchi shaxslar tomonidan deklaratsiyalanishi kerak.
Jismoniy shaxslar tomonidan ishlab chiqarish yoki tijorat maqsadlari uchun mo‘ljallangan
tovarlarni, shuningdek ularning manziliga kelayotgan notijorat maqsadlardagi tovarlarni bojxona
chegarasi orqali olib o‘tishda (bundan pochta va kuryerlik jo‘natmalari mustasno) ushbu Kodeksda
belgilangan bojxona rasmiylashtiruvining umumiy qoidalari qo‘llaniladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling