O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-bob. Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida yuboriladigan tovarlar


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

24-bob. Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida yuboriladigan tovarlar
165-modda. Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari
Bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan pochta yoki kuryerlik jo‘natmalari xalqaro pochta yoki
kuryerlik jo‘natmalaridir.
Xalqaro pochta jo‘natmalari Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlarida nazarda tutilgan
hujjatlar bilan birga yuborilishi kerak.
Xalqaro kuryerlik jo‘natmalari tijorat hujjatlari bilan birga yuborilishi kerak.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida tegishincha bojxona hududiga olib kirilishi yoki
ushbu hududdan olib chiqilishi qonunchilikda taqiqlangan tovarlarni yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(165-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
166-modda. Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarining bojxona nazorati va bojxona
rasmiylashtiruvi
Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida yuboriladigan hamda bojxona chegarasi orqali olib
o‘tiladigan tovarlar bojxona nazoratidan o‘tishi kerak.
Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari bojxona nazoratini amalga oshirmasdan qabul
qiluvchilarga berilishi yoki bojxona hududidan tashqariga jo‘natilishi mumkin emas.
Xalqaro pochta jo‘natmalarida yuboriladigan tovarlarning bojxona nazorati va bojxona
rasmiylashtiruvi pochta aloqasi sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan O‘zbekiston
Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi bilan kelishilgan holda belgilanadigan xalqaro pochta
almashinuvi joylarida amalga oshiriladi.
Xalqaro kuryerlik jo‘natmalarida yuboriladigan tovarlarning bojxona nazorati va bojxona
rasmiylashtiruvi pochta aloqasi sohasidagi maxsus vakolatli organni xabardor qilgan holda
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan joylarda amalga
oshiriladi.
Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida yuboriladigan tovarlarning bojxona
rasmiylashtiruvi qabul qiluvchilar yoki jo‘natuvchilar qaysi bojxona organining faoliyat ko‘rsatish


zonasida turgan bo‘lsa, o‘sha bojxona organi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Bunday
hollarda xalqaro pochta jo‘natmalari xalqaro pochta almashinuvi joylaridan pochta aloqasining
tegishli hududiy tashkilotigacha bojxona nazorati ostida yetkaziladi. Pochta aloqasining tegishli
hududiy tashkilotlarida bojxona nazorati ostidagi tovarlarni saqlash uchun joylar tashkil qilinadi, bu
joylar bojxona nazorati zonalari hisoblanadi.
Ushbu moddaning 
to‘rtinchi qismida 
ko‘rsatilgan joylardan yuboriladigan xalqaro kuryerlik
jo‘natmalari qabul qiluvchilar qaysi bojxona organining faoliyat ko‘rsatish zonasida turgan bo‘lsa,
o‘sha bojxona organigacha bojxona nazorati ostida yetkazib beriladi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling