O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. O‘zbekiston Respublikasining jismoniy shaxslari tomonidan tovarlarni va


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

160-modda. O‘zbekiston Respublikasining jismoniy shaxslari tomonidan tovarlarni va
(yoki) transport vositalarini notijorat maqsadlarda vaqtincha olib chiqish
O‘zbekiston Respublikasining jismoniy shaxslari bojxona hududidan tashqarida o‘zlariga
notijorat maqsadlarda zarur tovarlarni va (yoki) transport vositalarini xorijiy davlatda vaqtincha
bo‘lish muddatiga vaqtincha olib chiqishga haqli.
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
ko‘rsatilgan tovarlar va (yoki) transport vositalari ularni
vaqtincha olib chiqish va bojxona hududiga qaytarib olib kirishda bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod
etiladi.
Agar vaqtincha olib chiqilayotgan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini identifikatsiyalash
ularni bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod etilgan holda bojxona hududiga qaytarib olib kirishga
yordam beradigan bo‘lsa, bojxona organlari vaqtincha olib chiqilayotgan tovarlarni va (yoki)
transport 
vositalarini 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
jismoniy 
shaxsining 
so‘roviga 
ko‘ra
identifikatsiyalashi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
161-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlar uchun olib o‘tilayotgan
tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi
Temir yo‘l transportida bojxona chegarasini kesib o‘tayotgan jismoniy shaxslarga, basharti
bojxona nazorati qoidalariga rioya etilsa, transport vositasini tark etmagan holda bojxona
operatsiyalaridan o‘tish imkoniyati beriladi.
Jismoniy shaxs tomonidan olib o‘tilayotgan tovarlar va (yoki) transport vositalari ularning
bojxona rasmiylashtiruvini darhol amalga oshirish yoki bojxona to‘lovlarini darhol to‘lash imkoni
bo‘lmagan taqdirda vaqtincha saqlash uchun joylashtirilishi yoki bojxona hududidan olib chiqilishi
lozim.
Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona hududiga soddalashtirilgan tartibda notijorat
maqsadlar uchun olib kirilayotgan va uning tashqarisiga olib chiqilayotgan tovarlarga bojxona
maqsadlari uchun tegishincha erkin muomalaga chiqarilgan yoxud eksport bojxona rejimida olib
chiqilgan tovarlar sifatida qaraladi.
Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlar uchun olib kirilayotgan, bojsiz olib kirish
normalaridan ortiq bo‘lgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi tartibi O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(161-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-maydan kuchga
kiradi)

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling