Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini vaqtincha olib chiqish uni bojxona
hududiga qaytarib olib kirish bilan yoki ushbu Kodeksda tovarlarni vaqtincha olib chiqish bojxona
rejimini tugallash uchun nazarda tutilgan tartibda tugallanadi.
152-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalarining uskunalarini va
ehtiyot qismlarini vaqtincha olib kirish
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalari bilan birga
olib kiriladigan va ular
bilan qaytarib olib chiqish uchun mo‘ljallangan, yuklarni ortish,
tushirish, ularga ishlov berish va
ularni
himoyalash uskunalari, ulardan transport vositalaridan alohida foydalanish mumkinligi yoki
mumkin emasligidan qat’i nazar, vaqtincha olib kirilgan taqdirda bojxona to‘lovlari to‘lashdan
shartli ravishda ozod etilishi lozim.
Bojxona hududiga
vaqtincha olib kirilgan, transport vositasiga o‘rnatilgan yoki unda
foydalanilayotgan qismlarni va uskunalarni almashtirish maqsadida ta’mirlashda yoki texnik xizmat
ko‘rsatishda foydalanish uchun mo‘ljallangan uskunalar va ehtiyot qismlar bojxona to‘lovlarini
to‘lashdan shartli ravishda ozod etilgan holda vaqtincha olib kirilishi mumkin.
Almashtirilgan va bojxona hududidan olib chiqilmagan uskunalar
va ehtiyot qismlar erkin
muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga yoki ushbu Kodeks qoidalariga rioya etgan holda
boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: