O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Tovarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirish uchun


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

130-modda. Tovarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirish uchun
zarur bo‘ladigan hujjatlar
Tovarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona
organiga:
bojxona yuk deklaratsiyasini;
davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilayotgan tovarni topshirish
dalolatnomasini;
tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar bo‘lgan taqdirda davlat foydasiga voz
kechiladigan tovarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlarning
mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi.
131-modda. Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarning
bojxona rasmiylashtiruvi


Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarning bojxona
rasmiylashtiruvi tovar qaysi bojxona organining faoliyat ko‘rsatish zonasida turgan bo‘lsa, o‘sha
bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovar vakolatli shaxs
tomonidan bojxona organiga topshirilayotganda ikki nusxada dalolatnoma tuziladi.
Dalolatnomaning bir nusxasi bojxona organida saqlanadi. Dalolatnomaning ikkinchi nusxasi
vakolatli shaxsga beriladi.
(131-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-
maydan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar davlat mulkini boshqarish
bo‘yicha vakolatli organga qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda topshiriladi.
(131-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling