O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
-modda. Budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning budjet sohasidagi vakolatlari
Download 349.29 Kb.
|
O zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo lim
- Bu sahifa navigatsiya:
- 32-modda. Budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning budjet sohasidagi vakolatlari
31-modda. Budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning budjet sohasidagi vakolatlari
Budjet mablag‘larini taqsimlovchilar: budjetdan ajratiladigan mablag‘larni olish uchun budjet so‘rovlarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi; budjet buyurtmalarini tuzish uchun ko‘rsatkichlarni va materiallarni o‘z tasarrufidagi tashkilotlarga yetkazadi; xarajatlar smetalari va shtat jadvallarini tuzish uchun o‘z tasarrufidagi tashkilotlarga ularning tegishli moliya yiliga budjetdan ajratiladigan mablag‘lari hajmlarini yetkazadi; o‘z tasarrufidagi tashkilotlarning xarajatlar smetalari va shtat jadvallarini, shuningdek ularga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazadi; tasdiqlangan xarajatlar smetalarini va jamlanma xarajatlar smetalarini, shtat jadvallarini, shuningdek ularga kiritilgan o‘zgartirishlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etadi; xarajatlar smetalari va shtat jadvallaridagi o‘zgartirishlar to‘g‘risida o‘z tasarrufidagi tashkilotlarni xabardor qiladi; o‘z tasarrufidagi tashkilotlarda budjet hisobi yuritilishini tashkil etish va nazorat qilishni ta’minlaydi; o‘z tasarrufidagi tashkilotlardan moliyaviy hisobotlarni qabul qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tegishli davr uchun jamlanma moliyaviy hisobotlar taqdim etadi. Budjet mablag‘larini taqsimlovchilar qonun hujjatlariga muvofiq budjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang Mazkur Kodeksning 32 va 88-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 15.12.2014-yilda 2634-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 14.11.2014-yildagi 74-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 5-bobi. 32-modda. Budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning budjet sohasidagi vakolatlari Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar: budjet buyurtmasini budjet mablag‘larini taqsimlovchiga, budjet mablag‘larini taqsimlovchi bo‘lmaganda esa, tegishli hududiy moliya organiga ushbu Kodeksning 89-moddasida belgilangan tartibga muvofiq kiritadi; xarajatlar smetalarini tasdiqlaydi hamda ularni budjet mablag‘larini taqsimlovchiga, budjet mablag‘larini taqsimlovchi bo‘lmaganda esa, tegishli hududiy moliya organiga budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun kiritadi; xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘larni mo‘ljallangan maqsadga muvofiq tasarruf etadi; budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzadi; ushbu Kodeksning 150-moddasida belgilangan tartibda xarajatlar smetalariga o‘zgartirishlar kiritadi; tegishli davr uchun moliyaviy hisobotlarni budjet mablag‘larini taqsimlovchiga, budjet mablag‘larini taqsimlovchi bo‘lmaganda esa, tegishli hududiy moliya organiga taqdim etadi. Budjet tashkilotlari ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan vakolatlar bilan bir qatorda, shuningdek: shtat jadvallarini tasdiqlaydi va ularni budjet mablag‘larini taqsimlovchiga, budjet mablag‘larini taqsimlovchi bo‘lmaganda esa, tegishli hududiy moliya organiga budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun kiritadi; ushbu Kodeksning 150-moddasida belgilangan tartibda shtat jadvallariga o‘zgartirishlar kiritadi; muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tegishli hujjatlarni sudlarga, g‘aznachilik bo‘linmalariga o‘z vaqtida taqdim etadi, shuningdek shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishini ta’minlaydi; budjet hisobini yuritadi va moliyaviy hisobotlarni tuzadi; budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalarini shakllantiradi va ulardan foydalanadi. Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar qonun hujjatlariga muvofiq budjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 4, 5, 102 — 104 va 163-moddalari. Download 349.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling