O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


Download 349.29 Kb.
bet4/96
Sana10.02.2023
Hajmi349.29 Kb.
#1185912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
Bog'liq
O zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo lim

vaqtinchalik kassa uzilishi — joriy moliya yilining muayyan davrida budjet tizimi budjetlarining xarajatlari daromadlaridan vaqtinchalik oshib ketishi;
vaqtinchalik xarajatlar smetasi — budjet tashkilotining yoki budjet mablag‘lari oluvchining xarajatlar smetasi tasdiqlanguniga va ro‘yxatdan o‘tkazilguniga qadar amal qiladigan hujjat bo‘lib, unda qonun hujjatlaridagi o‘zgartirishlar hisobga olingan holda uning uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar har oy uchun aks ettiriladi;
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 104-moddasi.
Davlat budjeti profitsiti — muayyan davrda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti daromadlarining uning xarajatlaridan oshib ketishi;
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 151-moddasi.
Davlat budjeti taqchilligi — muayyan davrda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti xarajatlarining uning daromadlaridan oshib ketishi;
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 24 va 151-moddalari.
davlat moliyaviy nazorati — budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida moliyaviy nazorat obyektlarining buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarini o‘rganish hamda taqqoslash;
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 26-bobi (Davlat moliyaviy nazorati).
davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish — aktivlarni jalb etish, bu bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi-rezidentlarning kreditlarini (qarzlarini) to‘lashga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga kelishi;
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 1, 152, 153-moddalari.
davlat xaridlari — budjet tizimi budjetlarining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridlari;
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 121-moddasi.

Download 349.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling