O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


Download 349.29 Kb.
bet7/96
Sana10.02.2023
Hajmi349.29 Kb.
#1185912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   96
Bog'liq
O zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo lim

tartibga soluvchi daromadlar — budjet tizimi budjetlari o‘rtasida ajratmalar normativlari belgilanadigan umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek soliq bo‘lmagan to‘lovlar. Soliq bo‘lmagan to‘lovlarga budjet tizimi budjetlariga kelib tushadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘lmagan to‘lovlar kiradi;
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 118-moddasining birinchi qismi.
xarajatlar moddasi — budjet tizimi budjetlari xarajatlarining iqtisodiy yo‘nalishi va to‘lovlarning aniq turlari bo‘yicha belgilovchi budjet tasnifining bir qismi;
xarajatlar smetasi — budjet tashkiloti yoki budjet mablag‘lari oluvchi tomonidan moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan, uning uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar xarajatlar moddalari bo‘yicha aks ettiriladigan hujjat;
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur modda birinchi qismining yigirmanchi va yigirma to‘rtinchi xatboshilari, mazkur Kodeksning 185-moddasi.
shtat jadvali — doimiy xodimlar lavozimlari va bo‘sh o‘rinlar nomlarining soni va lavozim maoshlarining miqdorlari ko‘rsatilgan ro‘yxatni o‘z ichiga oladigan, budjet tashkiloti tomonidan tuziladigan hujjat;
shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimida ochiladigan, budjet tizimi budjetlari ijrosi bilan bog‘liq operatsiyalarni aks ettirish uchun mo‘ljallangan tahliliy hisob registrlari;
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 113 — 115-moddalari.
yuridik majburiyatlar — tuzilgan shartnomalar, shuningdek tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qarorlari asosida budjet tashkilotlarida va budjetdan mablag‘ oluvchilarda yuzaga keladigan majburiyatlar;
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 122-moddasi.
o‘tkazib beriladigan daromadlar — tegishli ma’muriy-hududiy birlikda shakllanadigan va yuqori turuvchi budjetga o‘tkaziladigan, ular qayerda shakllangan bo‘lsa, keyinchalik o‘sha ma’muriy-hududiy birlik budjetiga o‘tkazib beriladigan daromadlar;
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 136-moddasi.

Download 349.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling