O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Budjet tizimi prinsiplari


Download 349.29 Kb.
bet10/96
Sana10.02.2023
Hajmi349.29 Kb.
#1185912
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   96
Bog'liq
O zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo lim

7-modda. Budjet tizimi prinsiplari
Budjet tizimi quyidagi prinsiplarga asoslanadi:
budjet tizimining yagonaligi;
budjet tizimining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi;
budjet tizimi budjetlarining balansliligi va o‘zaro bog‘liqligi;
budjet tizimi budjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish;
budjet tizimi budjetlari mablag‘laridan foydalanishning aniq yo‘naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati;
budjet tizimi budjetlarining mustaqilligi;
budjet tizimi budjetlari mablag‘laridan foydalanishning natijadorligi;
kassaning yagonaligi;
budjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi;
ochiqlik.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 6, 8 — 17-moddalari.
8-modda. Budjet tizimining yagonaligi prinsipi
Budjet hujjatlari va budjet hisobotlarining shakllari, budjet tasnifi yagona bo‘lishi hamda budjet tizimi budjetlarining daromadlari va xarajatlarini shakllantirish hamda ijro etish, budjet hisobini yuritish va budjet hisobotini tuzishning yagona tartibini nazarda tutishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 6 va 7-moddalari.
9-modda. Budjet tizimining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi prinsipi
Budjet tizimi O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiq bo‘lishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 68 — 75-moddalari, mazkur Kodeksning 6 va 7-moddalari.
10-modda. Budjet tizimi budjetlarining balansliligi va o‘zaro bog‘liqligi prinsipi
Budjet tizimi budjetlarida nazarda tutilgan xarajatlar hajmi ularning daromadlari va taqchillikni qoplash manbalari yig‘indisining hajmiga muvofiq bo‘lishi kerak.
Budjet tizimi budjetlarini tuzish va ijro etishda budjetlarning mablag‘lari mazkur budjetlarning balansliligini ta’minlash uchun ular o‘rtasida qayta taqsimlanishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 6 va 7-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.08.2017-yildagi PF-5147-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi to‘g‘risida nizom 8-bandining d-kichik bandi.

Download 349.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling