O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Budjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi prinsipi


Download 349.29 Kb.
bet12/96
Sana10.02.2023
Hajmi349.29 Kb.
#1185912
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   96
Bog'liq
O zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo lim

16-modda. Budjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi prinsipi
Budjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi prinsipi budjet jarayonining har bir ishtirokchisi budjet jarayonining har bir bosqichida o‘z harakatlari uchun javobgar bo‘lishidan iboratdir.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 3-moddasining beshinchi xatboshisi, 6 va 7-moddalari.
17-modda. Ochiqlik prinsipi
Ochiqlik prinsipi:
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat budjetini va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarini ko‘rib chiqish hamda qabul qilish tartib-taomillarining jamiyat va ommaviy axborot vositalari uchun ochiqligini, shuningdek budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirok etishi mumkinligini;
(17-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-avgustdagi O‘RQ-559-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2019-y., 03/19/559/3670-son)
tasdiqlangan Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari to‘g‘risidagi axborotning ommaviy axborot vositalarida va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinishini (chop etilishini);
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari ijrosining borishi to‘g‘risidagi axborot ommaviy axborot vositalarida chop etilishini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtirilishi va yangilab borilishini anglatadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 6 va 7-moddalari.
3-bob. Budjet tasnifi
18-modda. Budjet tasnifi tushunchasi
Budjet tasnifi budjet tizimi budjetlarining daromadlari va xarajatlari, shuningdek Davlat budjeti taqchilligini qoplash manbalarini guruhlashdan iborat bo‘lib, budjet tizimi budjetlarini shakllantirish, tuzish va ijro etishni tizimlashtirish uchun foydalaniladi.
Budjet tasnifi xalqaro tasnif tizimlariga muvofiq ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 19 — 24-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 11.10.2010-yilda 2146-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 20.08.2010-yildagi 65-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Budjet tasnifini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

Download 349.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling