O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Budjet tizimi budjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish prinsipi


Download 349.29 Kb.
bet11/96
Sana10.02.2023
Hajmi349.29 Kb.
#1185912
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   96
Bog'liq
O zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo lim

11-modda. Budjet tizimi budjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish prinsipi
Budjet tizimi budjetlarini tuzishda budjet tasnifiga muvofiq, daromadlar ularning aniq manbalari bo‘yicha prognoz qilinadi, xarajatlar esa yo‘nalishlar bo‘yicha rejalashtiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 6 va 7-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 15.12.2014-yilda 2634-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 14.11.2014-yildagi 74-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomning 87 va 88-bandlari.
12-modda. Budjet tizimi budjetlari mablag‘laridan foydalanishning aniq yo‘naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati prinsipi
Budjet tizimi budjetlarining mablag‘lari muayyan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarga ushbu mablag‘lardan belgilangan maqsadlarni moliyalashtirishda foydalanish uchun ajratiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 6 va 7-moddalari.
13-modda. Budjet tizimi budjetlarining mustaqilligi prinsipi
Budjet tizimi budjetlari mustaqildir.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 6 va 7-moddalari.
14-modda. Budjet tizimi budjetlari mablag‘laridan foydalanishning natijadorligi prinsipi
Budjet jarayoni ishtirokchilari budjet tizimi budjetlarini tuzish va ijro etishda o‘zlariga berilgan vakolatlar doirasida budjet tizimi budjetlarining belgilangan hajmdagi mablag‘laridan foydalangan holda natijaga erishish zaruriyatidan kelib chiqadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 6 va 7-moddalari.
15-modda. Kassaning yagonaligi prinsipi
Budjet tizimi budjetlarining barcha daromadlari Yagona g‘azna hisobvarag‘iga kiritiladi va ularning xarajatlarini to‘lash ushbu hisobvaraqdan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 6 va 7-moddalari.

Download 349.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling