O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


Download 349.29 Kb.
bet9/96
Sana10.02.2023
Hajmi349.29 Kb.
#1185912
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   96
Bog'liq
O zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo lim

4-modda. Budjet tashkiloti
Davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda davlat hokimiyati organlarining qaroriga ko‘ra tashkil etilgan, Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan saqlab turiladigan notijorat tashkilot budjet tashkilotidir.
Budjet tashkilotlarini moliyalashtirish shartlari va ularning budjet hisobini yuritish tartibi budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: sud amaliyoti.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 60, 81 va 106-moddalari.
5-modda. Budjet mablag‘lari oluvchi
Davlat budjetidan va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlaridan mablag‘lar oladigan yuridik yoki jismoniy shaxs budjet mablag‘lari oluvchidir.
Budjet mablag‘lari oluvchi budjet tashkiloti maqomiga ega bo‘la olmaydi.
Budjet mablag‘lari oluvchini Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish shartlari budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 32, 102, 116 va 163-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.09.1999-yildagi “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 414-sonli qarori.
2-bob. Budjet tizimi tushunchasi va prinsiplari
6-modda. Budjet tizimi tushunchasi
Budjet tizimi barcha darajadagi budjetlar, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari, budjet tizimi budjetlarini tuzish va tashkil etish prinsiplari, ular o‘rtasida budjet jarayoni mobaynida yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlar yig‘indisini o‘zida ifodalaydi. Moliya yili uchun budjet tizimi budjetlarini shakllantirish, tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi — so‘mda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 7 — 14-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 22.12.2016-yilda 2850-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 22.11.2016-yildagi “O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarori.

Download 349.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling