O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
-modda. Budjet tizimi budjetlari o‘rtasida tushumlarni taqsimlash
Download 349.29 Kb.
|
O zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo lim
- Bu sahifa navigatsiya:
- 119-modda. Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining qo‘shimcha manbalari
118-modda. Budjet tizimi budjetlari o‘rtasida tushumlarni taqsimlash
Tartibga soluvchi daromadlardan tushgan tushumlar budjet tizimi budjetlari o‘rtasida taqsimlanadi. Budjet tizimi budjetlari o‘rtasidagi tartibga soluvchi daromadlardan ajratmalarning normativlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki u vakolat bergan organ tomonidan belgilanadi. Tartibga soluvchi daromadlardan Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga, Toshkent shahrining shahar budjetiga hamda tumanlar va shaharlar budjetlariga ajratmalarning normativlari tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi. Tartibga soluvchi daromadlarni budjet tizimining budjetlari o‘rtasida taqsimlash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu Kodeksning 51-moddasida ko‘rsatilgan qaysi daromadlar bo‘yicha tartibga soluvchi daromadlardan ajratmalarning normativlari belgilanmagan bo‘lsa, o‘sha daromadlar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga to‘liq hajmda kiritilishi lozim, ushbu Kodeksning 52-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tegishli moliya organlarining taklifiga ko‘ra mahalliy soliqlar to‘liq hajmda kiritiladigan budjet darajasini belgilaydi. LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 112 — 116-moddalari, 125-moddasi. 119-modda. Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining qo‘shimcha manbalari Davlat budjetining qo‘shimcha manbalari Davlat budjetining har bir darajasidagi budjetlarida alohida-alohida shakllantiriladi va quyidagilardan tashkil topadi: O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining har yil boshida aniqlanadigan erkin qoldiq mablag‘laridan; O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti, tumanlar va shaharlar budjetlari daromadlarining birinchi — uchinchi hisobot choraklari yakunlari bo‘yicha aniqlanadigan prognozdan oshirib bajarilishidan; Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga davlat aktivlarini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lardan; Oldingi tahrirga qarang. davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar; (119-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-454-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son) ushbu Kodeksning 120-moddasi to‘rtinchi qismiga muvofiq budjetdan ajratiladigan mablag‘lar kamaytirilishi natijasida bo‘shab qolgan mablag‘lardan. Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining erkin qoldiq mablag‘lari ularning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridagi budjet mablag‘lari qoldig‘ining (davlat aktivlarini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘larning yil boshidagi qoldiqlari summasi bundan mustasno) ushbu budjetlar uchun joriy moliya yiliga tasdiqlangan aylanma kassa mablag‘lari miqdoridan oshgan summasi sifatida aniqlanadi. (119-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda) O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari, Toshkent shahri shahar budjeti, tumanlar va shaharlar budjetlari daromadlari prognozining oshirib bajarilishi birinchi — uchinchi hisobot choraklari uchun haqiqatda tushgan tushumlarning tegishli hisobot choraklari uchun soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha daromadlarning aniqlangan prognozidan ortiq summasi sifatida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi. Quyi turuvchi budjetlar daromadlari prognozining oshirib bajarilishi summalarini yuqori turuvchi budjetda markazlashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining qo‘shimcha manbalari quyidagilardir: yil boshidagi holatga ko‘ra davlat maqsadli jamg‘armalarining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridagi mablag‘larning yil boshiga tasdiqlangan mablag‘lar miqdoridan ortiq bo‘lgan qoldiqlari; davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarini ijro etish jarayonida joriy yil daromadlari prognozining birinchi — uchinchi hisobot choraklari yakunlari bo‘yicha, ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan tartibda aniqlanadigan oshirib bajarilishi; davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarini ijro etish jarayonida ularning xarajatlari iqtisod qilinishi natijasida bo‘shab qolgan mablag‘lar. LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeks 25-moddasi birinchi qismining o‘ninchi xatboshisi, 28-moddasi birinchi qismining yettinchi xatboshisi. Download 349.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling