O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


Download 349.29 Kb.
bet3/96
Sana10.02.2023
Hajmi349.29 Kb.
#1185912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
Bog'liq
O zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo lim

budjet sohasidagi vakolatlar — budjet jarayoni ishtirokchilarining budjet munosabatlari sohasidagi vakolatlari;
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 4-bobi (Budjet sohasidagi vakolatlar).
budjet ssudasi — qaytarish sharti bilan yuqori turuvchi budjetdan quyi turuvchi budjetga, shuningdek davlat maqsadli jamg‘armalariga, rezident-yuridik shaxsga ajratiladigan pul mablag‘lari;
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 140 va 159-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
budjet so‘rovi — o‘rta muddatli davr uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘larni olishga bo‘lgan ehtiyojni asoslashni nazarda tutuvchi hujjat;
(3-moddaning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrdagi O‘RQ-590-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 03/19/590/4129-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 85 va 190-moddalari.
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari — qonun hujjatlarida nazarda tutilgan manbalar hisobidan budjet tashkiloti tasarrufiga kelib tushadigan mablag‘lar;
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 44 va 105-moddalari.
budjet tizimi budjetlari — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari;
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 21 — 23-moddalari, II bo‘limi (Budjet tizimi budjetlari).
budjetlararo transfertlar — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga, davlat maqsadli jamg‘armalariga hamda buning aksicha o‘tkaziladigan, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga hamda buning aksicha o‘tkaziladigan mablag‘lar;
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 134,139 va 140-moddalari.

Download 349.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling