O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


Download 349.29 Kb.
bet6/96
Sana10.02.2023
Hajmi349.29 Kb.
#1185912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
Bog'liq
O zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo lim

fiskal tavakkalchiliklar — budjet jarayoni ishtirokchilari uchun budjet tizimi budjetlari mablag‘larini shakllantirish va sarflashda moliyaviy resurslardagi yo‘qotishlarni baholash;
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-508-sonli Qonuniga asosan yigirma beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
moliya yili — birinchi yanvardan o‘ttiz birinchi dekabr kuni oxirigacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oluvchi davr;
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 131-moddasi.
moliyaviy majburiyatlar — budjet tashkilotlarida va budjet mablag‘lari oluvchilarda ularga pul mablag‘larini o‘tkazish majburiyatini yuklovchi hujjatlar, shu jumladan ijro hujjatlari asosida yuzaga keladigan majburiyatlar;
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 123 va 129-moddalari.
moliyaviy nazorat obyektlari — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, budjet mablag‘larini taqsimlovchilar, budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar, davlat maqsadli jamg‘armalari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari;
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 185-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.10.2017-yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 870-sonli qarori.
subvensiya — muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori turuvchi budjetdan quyi turuvchi budjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘lari;
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 135-moddasi.
subsidiya — tovarlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va ularni realizatsiya qilishni moliyalashtirish yoki birgalikda moliyalashtirish yoxud maqsadli xarajatlarning o‘rnini qisman qoplash uchun budjet tizimi budjetlari hisobidan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan pul mablag‘lari;

Download 349.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling