O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Joriy moliya yilini yakunlash


Download 349.29 Kb.
bet68/96
Sana10.02.2023
Hajmi349.29 Kb.
#1185912
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   96
Bog'liq
O zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo lim

131-modda. Joriy moliya yilini yakunlash
Joriy moliya yilining budjet tizimi budjetlariga tushumlarni kiritish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha operatsiyalari joriy moliya yilining oxirgi ish kunida yakunlanadi.
Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlariga kelgusi yilda kiritilgan daromadlar yangi boshlangan yil daromadlari hisoblanadi.
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari daromadlari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlariga joriy yilning oxirgi ish kuni tugaguniga qadar kiritilgan va yangi boshlangan yilning uch ish kuni mobaynida Yagona g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazilgan daromadlar o‘tgan yilning daromadlari hisoblanadi.
Joriy yilning Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlaridan barcha to‘lovlar moliya yiliga qo‘shimcha vaqt davri tugaganidan so‘ng yakunlanadi.
Qo‘shimcha vaqt davrida joriy moliya yili uchun Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarini ijro etish bo‘yicha operatsiyalar, shu jumladan:
budjetlararo munosabatlarni tartibga solish;
budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning kreditorlik qarzlarini to‘lash;
budjet tashkilotlari tomonidan iqtisod qilingan mablag‘lar summalarini budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armalariga (tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armalariga) o‘tkazish;
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari mablag‘lari hisobidan boshqa ruxsat etilgan to‘lovlar amalga oshiriladi.
Budjetlararo munosabatlarni tartibga solish yuqori va quyi turuvchi budjetlar, shuningdek davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari o‘rtasidagi o‘zaro qarzdorlikning jami summasi to‘lanishini nazarda tutadi.
O‘tgan yilni yakunlash bo‘yicha qo‘shimcha vaqt davrida muayyan to‘lovlarni amalga oshirish tartibi va muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
20-bob. Budjetlararo munosabatlar
132-modda. Budjetlararo munosabatlar tushunchasi
Budjetlararo munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti, tumanlar, shaharlar budjetlari, shuningdek davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari o‘rtasidagi ushbu Kodeks bilan tegishli budjetlarga biriktirilgan xarajatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tegishli budjetlarni moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga doir munosabatlardir.
Budjet jarayonida:
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining tumanlar va shaharlar budjetlari bilan;
davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining tumanlar va shaharlar budjetlari bilan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining bir-biri bilan, shuningdek boshqa ma’muriy-hududiy birlikning tumanlari va shaharlari budjetlari bilan;
tumanlar va shaharlar budjetlari o‘rtasida o‘zaro munosabatlariga yo‘l qo‘yilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 131-moddasining beshinchi va oltinchi qismlari, 133 — 142-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 22-dekabrda 2850-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 22-noyabrdagi 88-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi qoidalarining 221-bandi.

Download 349.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling