O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Davlat budjetining daromadlari va xarajatlarini boshqarish


Download 349.29 Kb.
bet65/96
Sana10.02.2023
Hajmi349.29 Kb.
#1185912
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   96
Bog'liq
O zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo lim

127-modda. Davlat budjetining daromadlari va xarajatlarini boshqarish
Joriy moliya yili uchun mo‘ljallangan Davlat budjeti taqchilligining tasdiqlangan cheklangan miqdori ortgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga Davlat budjeti xarajatlarini qisqartirish to‘g‘risida takliflar kiritadi.
Davlat budjeti xarajatlarini qisqartirishda xarajatlarning ustuvorligi va ijtimoiy yo‘naltirilganligi budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning qabul qilingan yuridik hamda moliyaviy majburiyatlari hisobga olingan holda baholanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlari o‘z budjetlarining balansliligi buzilishiga va Davlat budjeti taqchilligining tasdiqlangan cheklangan miqdori oshishiga olib keladigan tegishli budjet daromadlarini qisqartirishga yoki xarajatlarini ko‘paytirishga qaratilgan biror-bir qaror qabul qilishga haqli emas.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari qabul qilinganidan keyin moliya yili mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlarining tegishli budjet daromadlari qisqarishiga olib keladigan qarorlari tegishli budjet xarajatlari qisqartirilgan taqdirdagina qabul qilinishi mumkin.
Agar Davlat budjeti qabul qilinganidan keyin moliya yili mobaynida tegishli budjetlarning daromadlari va xarajatlari parametrlarini ko‘paytirish yoki kamaytirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilinsa, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya organlari tomonidan tegishli darajadagi budjetlar hajmlariga o‘zgartirishlar kiritiladi. Xarajatlarni ko‘paytirish yoki qisqartirish barcha darajadagi budjetlar o‘rtasida o‘zaro hisob-kitoblar yo‘li bilan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi 432–II-son Konstitutsiyaviy qonunining 8-moddasi birinchi qismining 11-bandi, 18-moddasi birinchi qismining 4-bandi.

Download 349.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling