O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Majburiyatning qarzdor hisobidan bajarilishi


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/212
Sana14.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1772292
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   212
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

328-modda. Majburiyatning qarzdor hisobidan bajarilishi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qarzdor ashyoni tayyorlash va kreditorga mulk qilib, xo‘jalik yuritishga yoki operativ
boshqarishga topshirish yoxud ashyoni foydalanish uchun kreditorga berish yoxud uning uchun
muayyan ishni bajarish yoki unga xizmat ko‘rsatish majburiyatini bajarmagan taqdirda kreditor,
agar qonunchilikdan, shartnomadan yoki majburiyatning mohiyatidan boshqacha tartib
anglashilmasa, uchinchi shaxslarga majburiyatni oqilona muddatda oqilona baholarda ijro
etishni topshirishga yoinki uni o‘z kuchlari bilan bajarishga hamda qarzdordan qilingan zarur
xarajatlarni va boshqa zararni to‘lashni talab qilishga haqli.
(328-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
14

236 — 258
,
 324 — 327

329 — 339

785

1023-moddalari
.
329-modda. Subsidiar javobgarlik
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qonunchilik yoki majburiyat shartlariga muvofiq asosiy qarzdor bo‘lgan boshqa shaxsning
javobgarligiga qo‘shimcha ravishda javobgar bo‘lgan (subsidiar javobgarlik) shaxsga talablar
qo‘yishdan oldin kreditor asosiy qarzdorga talab qo‘yishi kerak.
(329-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Agar asosiy qarzdor kreditorning talabini qondirishdan bosh tortsa yoki kreditor undan
qo‘yilgan talabga oqilona muddatda javob olmagan bo‘lsa, bu talab subsidiar javobgar bo‘lgan
shaxsga qo‘yilishi mumkin.
Kreditor asosiy qarzdorga bo‘lgan o‘z talabini qondirishni subsidiar javobgar shaxsdan
talab qilishga haqli emas, basharti bu talab asosiy qarzdorga muqobil talabni hisobga o‘tkazish
yoki mablag‘larni asosiy qarzdordan nizosiz undirib olish yo‘li bilan qondirilishi mumkin bo‘lsa.
Subsidiar javobgar shaxs o‘ziga kreditor tomonidan qo‘yilgan talabni qondirishdan oldin
bu haqda asosiy qarzdorni ogohlantirishi, bordi-yu bunday shaxsga nisbatan da’vo qo‘zg‘atilgan
bo‘lsa — asosiy qarzdorni ishda qatnashishga jalb qilishi kerak. Aks holda asosiy qarzdor o‘zining
kreditorga qarshi e’tirozlarini subsidiar javobgar shaxsning regress talabiga qarshi qo‘yish
huquqiga ega.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
14

236 — 258

324 — 328

330 — 339-moddalari
.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling