O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Asosiy va mansub ashyolar


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/212
Sana14.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1772292
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   212
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

90-modda. Asosiy va mansub ashyolar
Foydalanish tufayli vujudga keladigan munosabatlarning mohiyati bilan boshqa ashyo
(mansub ashyo)ga bog‘liq mustaqil ashyo asosiy ashyo hisoblanadi.
Asosiy ashyoga xizmat qilishi kerak bo‘lgan va u bilan umumiy xo‘jalik vazifasi orqali bog‘liq
ashyo mansub ashyo hisoblanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Mansub ashyo, agar qonun hujjatlari yoki shartnomada boshqacha tartib belgilab
qo‘yilgan bo‘lmasa, asosiy ashyoning taqdiriga bog‘liq bo‘ladi.
(90-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
86

388

397-moddalari
.
91-modda. Murakkab ashyolar
Agar turli xil ashyolar birikmaning mohiyati bilan belgilanadigan vazifasi bo‘yicha
foydalanish imkonini beradigan yaxlit bir butunni tashkil etsa, ular bitta ashyo (murakkab ashyo)
hisoblanadi.


Murakkab ashyo xususida tuzilgan bitim, agar shartnomada boshqacha tartib belgilab
qo‘yilgan bo‘lmasa, uning barcha tarkibiy qismlariga taalluqli bo‘ladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
86-moddasi
.
92-modda. Hosil va daromadlarga bo‘lgan huquq
Ashyodan keladigan hosil va daromadlar, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib
belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, ashyo egasiga tegishlidir.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
86

536-moddalari
.
93-modda. Hayvonlar
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qonunchilikda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, mol-mulk to‘g‘risidagi umumiy
qoidalar hayvonlarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
(93-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Huquqlarni amalga oshirish chog‘ida hayvonlar bilan shafqatsiz munosabatda bo‘lishga
yo‘l qo‘yilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
86-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik
to‘g‘risidagi kodeksining 
111-moddasi
.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling