O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/212
Sana14.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1772292
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   212
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

94-modda. Pul (valyuta)
O‘zbekiston Respublikasining pul birligi so‘mdir.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari
to‘g‘risida”gi Qonunning 
11-moddasi
, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi (yangi
tahriri)Qonuni 39-moddasining 
birinchi

ikkinchi qismlari
, O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining
16.07.1994-yildagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish to‘g‘risida”gi PF-
870-son 
Farmoni
.
So‘m yozib qo‘yilgan qiymati bo‘yicha qabul qilinishi shart bo‘lgan qonuniy to‘lov
vositasidir.
To‘lovlar naqd pul bilan va naqd pulsiz hisob-kitoblar tarzida amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
45-bobi
, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi (yangi
tahriri) Qonunning 
45-moddasi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Hisob-kitoblarni chet el valyutasida amalga oshirish hollari, tartibi va shartlari qonunchilik
bilan belgilab qo‘yiladi.
(94-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
95-modda. Valyuta qimmatliklari
Valyuta qimmatliklari deb hisoblanadigan mol-mulk turlari va ular xususida bitimlar tuzish
tartibi qonun bilan belgilab qo‘yiladi.
Valyuta qimmatliklariga mulk huquqi umumiy asoslarda himoya qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
86

228 — 233-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani
tartibga solish to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) 
Qonuni
.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling