O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/212
Sana14.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1772292
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   212
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

4-kichik bo‘lim
BITIMLAR VA VAKILLIK
9-BOB
BITIMLAR
1-§. Bitimlar tushunchasi. Turlari va shakli
101-modda. Bitimlar tushunchasi
Bitimlar deb fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash,
o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlariga aytiladi.
 LexUZ sharhi


Qarang: mazkur Kodeksning 
102 — 128

353

1120

1181-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 22.12.2006-
yildagi “Sud amaliyotida bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini tatbiq qilishda vujudga
keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi 17-sonli qarorining 
3-bandi
.
102-modda. Bitim turlari
Bitimlar bir taraflama, ikki taraflama yoki ko‘p taraflama (shartnomalar) bo‘lishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bitim tuzish uchun qonunchilikka yoki taraflarning kelishuviga muvofiq bir tarafning
xohishi zarur va yetarli bo‘lsa, bunday bitim bir taraflama bitim hisoblanadi.
(102-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Shartnoma tuzish uchun ikki taraf (ikki taraflama bitim) yoki uch yoxud undan ko‘p taraf
(ko‘p taraflama bitim) kelishib xohish bildirgan bo‘lishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
101, 102

104 — 128

353

1120-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 22.12.2006-
yildagi “Sud amaliyotida bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini tatbiq qilishda vujudga
keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi 17-sonli qarorining 
2-bandi
.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling