181-modda. Xo‘jalik yuritish va operativ boshqarish huquqlarining vujudga kelishi va
bekor bo‘lishi
Mulkdorning qarori bilan unitar korxonaga yoki muassasaga biriktirib qo‘yilgan mol-
mulkni xo‘jalik usulida yuritish huquqi yoki operativ boshqarish huquqi ushbu korxona yoki
muassasada unga mol-mulk topshirilgan paytdan boshlab vujudga keladi, basharti
qonunchilikda yoki mulkdorning qarori bilan boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa.
Xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqarishida bo‘lgan mol-mulkdan foydalanishdan
olingan hosil, mahsulot va daromadlar, shuningdek unitar korxona yoki muassasa shartnoma
bo‘yicha yoxud boshqa asoslarda vujudga kelgan mol-mulk ham ushbu Kodeksda, boshqa
qonunchilikda mulk huquqining vujudga kelishi uchun belgilab qo‘yilgan tartibda korxona yoki
muassasaning xo‘jalik yuritishiga yoki operativ boshqarishiga o‘tadi.
Mol-mulkni xo‘jalik usulida yuritish huquqi va operativ boshqarish huquqi mulkdorning
qarori bilan va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarda bekor qilinadi.
(181-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
71, 72
,
182 — 186
,
197 — 200-moddalari
.
15-BOB
MULK HUQUQINING VUJUDGA KELIShI VA UNING BEKOR BO‘LIShI
182-modda. Mulk huquqining vujudga kelish asoslari
Oldingi
tahrirga qarang.
Mulk huquqining vujudga kelish asoslari quyidagilardan iborat: mehnat faoliyati; mol-
mulkdan foydalanish sohasidagi tadbirkorlik va boshqa xo‘jalik faoliyati, shu jumladan mol-
mulkni yaratish, ko‘paytirish, bitimlar asosida qo‘lga kiritish; davlat mol-mulkini xususiylashtirish;
meros qilib olish; egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat; qonunchilikka zid
bo‘lmagan boshqa asoslar.
(182-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
183, 184
,
187-moddalari
,
69-bobi
, Mehnat kodeksining
XV bobi
,
O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining
3-
moddasi
, “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususilashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning
1-moddasi
.
Do'stlaringiz bilan baham: |