O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-bob. Sudga taalluqlilik va sudlovga tegishlilik


Download 284.5 Kb.
bet10/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

5-bob. Sudga taalluqlilik va sudlovga tegishlilik
26-modda. Ishlarning sudga taalluqliligi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga quyidagi ishlar taalluqlidir:
1) fuqarolik, oila, mehnat, uy-joy, yer to‘g‘risidagi va boshqa munosabatlardan yuzaga keladigan nizolar bo‘yicha ishlar, agar taraflardan hech bo‘lmaganda bittasi fuqaro bo‘lsa, bundan qonunda shunday nizolarni hal qilish boshqa sudlarga yoki boshqa organlarga topshiriladigan hollar mustasno;
2) ushbu Kodeksning 293-moddasida sanab o‘tilgan alohida tartibda yuritiladigan ishlar;
3) ushbu Kodeksning 18-bobida ko‘rsatilgan va buyruq tartibida hal etiladigan ishlar;
4) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi va hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish haqidagi ishlar;
5) chet davlat sudlarining hamda chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ishlar.
Oldingi tahrirga qarang.
6) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga kelmaydigan qarorlari hamda ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlar.
(26-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-496-sonli Qonuniga asosan 6-band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
Sudlarga qonun bilan ularning vakolatiga kiritilgan boshqa ishlar ham taalluqlidir.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 124-moddasi 1-bandi, 125-moddasi, 194-moddasi birinchi qismi 1-bandi, 377-moddasi ikkinchi qismi 1-bandi.
27-modda. O‘zaro bog‘liq bir nechta talabning sudga taalluqliligi
O‘zaro bog‘liq bo‘lib, ba’zilari fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga, ba’zilari esa iqtisodiy sudga taalluqli bo‘lgan bir nechta talab birlashtirilganda, barcha talablar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudda ko‘rilishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 25-moddasi beshinchi qismi.
O‘zaro bog‘liq bo‘lib, ba’zilari fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga, ba’zilari esa, ma’muriy sudga taalluqli bo‘lgan bir nechta talab birlashtirilganda, barcha talablar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudda ko‘rilishi kerak.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling