O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorining mazmuni


Download 284.5 Kb.
bet120/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

283-modda. Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorining mazmuni
Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorining mazmuni ushbu Kodeks 253-moddasining qoidalari bilan belgilanadi. Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorining xulosa qismida ushbu hal qiluv qarorini qayta ko‘rib chiqish haqida ariza berish muddati va tartibi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 249, 251-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-maydagi 12-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 19-bandi.
284-modda. Hal qiluv qarorining ko‘chirma nusxalarini yuborish
Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorining ko‘chirma nusxasi sud majlisiga kelmagan tarafga ushbu qaror chiqarilgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay imzo qo‘ydirib topshiriladi yoki pochta orqali yoxud elektron hujjat tarzida yuboriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-maydagi 12-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 26-bandi.
285-modda. Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish)
Javobgar sirtdan hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga shu hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin o‘n besh kun ichida uni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida ariza berishga haqli.
Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarori ustidan ushbu Kodeksning 43-bobida nazarda tutilgan tartibda ham shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 260, 283, 286-moddalari.
286-modda. Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi arizaning mazmuni
Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi arizada quyidagilar bo‘lishi kerak:
1) sirtdan hal qiluv qarori qabul qilgan sudning nomi;
2) ariza berayotgan javobgarning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), yashash joyi (joylashgan yeri, pochta manzili);
3) sud majlisiga uzrli sabablarga ko‘ra kelmaganlikdan dalolat beruvchi holatlarning ro‘yxati va ularni tasdiqlovchi dalillar, shuningdek sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorining mazmuniga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan dalillar ro‘yxati;
4) ariza beruvchi javobgarning iltimosi;
5) arizaga ilova qilingan materiallarning ro‘yxati.
Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi ariza javobgar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga mutanosib miqdordagi ko‘chirma nusxalari bilan birga sudga beriladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan ariza mustasno. Ariza uchun davlat boji to‘lanmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 283-moddasi.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling