O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
-modda. Alohida yuritiladigan ishlarni ko‘rib chiqish tartibi
Download 284.5 Kb.
|
fuqaroolik presesual kodeksi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 28-bob. Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash 295-modda. Sud tomonidan ko‘rib chiqiladigan, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlar
294-modda. Alohida yuritiladigan ishlarni ko‘rib chiqish tartibi
Ushbu Kodeksning 293-moddasida sanab o‘tilgan ishlar sudlarda ushbu Kodeksning 27 — 37-boblarida ko‘rsatilgan istisno va qo‘shimchalar bilan fuqarolik sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalariga muvofiq ko‘rib chiqiladi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 1 — 16, 297, 302, 308, 313, 318, 322, 325, 329, 337, 338, 342-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-yildagi “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 5-sonli qarorining 6-bandi uchinchi xatboshisi. 28-bob. Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash 295-modda. Sud tomonidan ko‘rib chiqiladigan, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlar Sud fuqarolarning yoki tashkilotlarning shaxsiy, mulkiy huquqlari yuzaga kelishiga, o‘zgarishiga yoki tugashiga sabab bo‘ladigan faktlarni aniqlaydi. Sud: 1) shaxslarning qarindoshlik aloqalari; LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-yildagi “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 5-sonli qarori 7, 8-bandlari. 2) shaxs birovning qaramog‘ida ekanligi; LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-yildagi “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 5-sonli qarori 9, 10-bandlari. 3) otalikni tan olish (belgilash), bolaning u yoki bu onadan tug‘ilganligi, shuningdek tug‘ilgan vaqti; 4) farzandlikka olishni, nikohni, nikohdan ajratishni va o‘limni qayd etilganligi; LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-yildagi “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 5-sonli qarori 11, 12-bandlari. 5) er-xotindan biri vafot etganligi oqibatida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin bo‘lmay qolsa, qonunda belgilangan hollarda ularning haqiqatda nikoh munosabatlarida bo‘lganligi; LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-yildagi “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 5-sonli qarori 13-bandi. 6) shaxsning huquqini belgilovchi hujjatlarda (jamoat birlashmalariga a’zolik biletlari, harbiy hujjatlar, pasportlar, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari beradigan guvohnomalar bundan mustasno) ko‘rsatilgan familiyasi, ismi yoki otasining ismi uning pasportidagi yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasidagi familiyasi, ismi yoki otasining ismi bilan mos kelmagan taqdirda, mazkur hujjatlarning unga tegishliligi yoxud tegishli emasligi; LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-yildagi “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 5-sonli qarori 14, 15, 16-bandlari. 7) baxtsiz hodisa; LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-yildagi “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 5-sonli qarori 17-bandi. 8) imoratga xususiy mulk huquqi asosida egalik qilish; LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-yildagi “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 5-sonli qarori 18-bandi. 9) merosni qabul qilish va merosning ochilish joyi faktlarini aniqlash to‘g‘risidagi ishlarni ko‘radi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-yildagi “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 5-sonli qarori 19-bandi. Agar qonun hujjatlarida ularni belgilashning boshqacha tartibi nazarda tutilmagan bo‘lsa, sud yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa faktlarni ham belgilashi mumkin. Arizachi yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni tasdiqlaydigan zarur hujjatlarni boshqacha tartibda olishi mumkin bo‘lmagan yoxud yo‘qotilgan hujjatlarni tiklashning imkoni bo‘lmagan taqdirdagina sud ushbu faktlarni aniqlaydi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 293-moddasi 1-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-yildagi “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 5-sonli qarori. Download 284.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling