O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Alohida yuritiladigan ishlarni ko‘rib chiqish tartibi


Download 284.5 Kb.
bet123/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

294-modda. Alohida yuritiladigan ishlarni ko‘rib chiqish tartibi
Ushbu Kodeksning 293-moddasida sanab o‘tilgan ishlar sudlarda ushbu Kodeksning 27 — 37-boblarida ko‘rsatilgan istisno va qo‘shimchalar bilan fuqarolik sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalariga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 1 — 16, 297, 302, 308, 313, 318, 322, 325, 329, 337, 338, 342-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-yildagi “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 5-sonli qarorining 6-bandi uchinchi xatboshisi.
28-bob. Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash
295-modda. Sud tomonidan ko‘rib chiqiladigan, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlar
Sud fuqarolarning yoki tashkilotlarning shaxsiy, mulkiy huquqlari yuzaga kelishiga, o‘zgarishiga yoki tugashiga sabab bo‘ladigan faktlarni aniqlaydi.
Sud:
1) shaxslarning qarindoshlik aloqalari;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-yildagi “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 5-sonli qarori 7, 8-bandlari.
2) shaxs birovning qaramog‘ida ekanligi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-yildagi “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 5-sonli qarori 9, 10-bandlari.
3) otalikni tan olish (belgilash), bolaning u yoki bu onadan tug‘ilganligi, shuningdek tug‘ilgan vaqti;
4) farzandlikka olishni, nikohni, nikohdan ajratishni va o‘limni qayd etilganligi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-yildagi “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 5-sonli qarori 11, 12-bandlari.
5) er-xotindan biri vafot etganligi oqibatida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin bo‘lmay qolsa, qonunda belgilangan hollarda ularning haqiqatda nikoh munosabatlarida bo‘lganligi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-yildagi “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 5-sonli qarori 13-bandi.
6) shaxsning huquqini belgilovchi hujjatlarda (jamoat birlashmalariga a’zolik biletlari, harbiy hujjatlar, pasportlar, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari beradigan guvohnomalar bundan mustasno) ko‘rsatilgan familiyasi, ismi yoki otasining ismi uning pasportidagi yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasidagi familiyasi, ismi yoki otasining ismi bilan mos kelmagan taqdirda, mazkur hujjatlarning unga tegishliligi yoxud tegishli emasligi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-yildagi “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 5-sonli qarori 14, 15, 16-bandlari.
7) baxtsiz hodisa;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-yildagi “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 5-sonli qarori 17-bandi.
8) imoratga xususiy mulk huquqi asosida egalik qilish;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-yildagi “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 5-sonli qarori 18-bandi.
9) merosni qabul qilish va merosning ochilish joyi faktlarini aniqlash to‘g‘risidagi ishlarni ko‘radi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-yildagi “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 5-sonli qarori 19-bandi.
Agar qonun hujjatlarida ularni belgilashning boshqacha tartibi nazarda tutilmagan bo‘lsa, sud yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa faktlarni ham belgilashi mumkin.
Arizachi yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni tasdiqlaydigan zarur hujjatlarni boshqacha tartibda olishi mumkin bo‘lmagan yoxud yo‘qotilgan hujjatlarni tiklashning imkoni bo‘lmagan taqdirdagina sud ushbu faktlarni aniqlaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 293-moddasi 1-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-yildagi “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 5-sonli qarori.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling