O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


Download 284.5 Kb.
bet119/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

26-bob. Sirtdan ish yuritish
280-modda. Sirtdan ish yuritish asoslari
Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan javobgar sud majlisiga kelmagan, kelmaganligining uzrli sabablari borligi haqida xabar bermagan va ishni uning ishtirokisiz ko‘rish to‘g‘risida so‘ramagan taqdirda, agar da’vogar bunga e’tiroz bildirmasa, ish sirtdan ish yuritish tartibida ko‘rilishi mumkin. Ishni bunday tartibda ko‘rish haqida sud ajrim chiqaradi. Javobgar tegishli tarzda xabardor qilinganligi haqida ishda ma’lumot bo‘lishi kerak.
Ishda bir nechta javobgar ishtirok etgan va sud majlisiga barcha javobgarlar kelmagan taqdirda, ish sirtdan ish yuritish tartibida ko‘rilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 156, 158 — 162, 213, 281 — 292-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 19.05.2018-yildagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 25-bandi.
281-modda. Sudga kelgan tarafning huquqlari
Agar sud majlisiga kelgan da’vogar ishni javobgar ishtirokisiz sirtdan ish yuritish tartibida ko‘rishga rozi bo‘lmasa, sud ishning muhokamasini keyinga qoldiradi va kelmagan javobgarga yangi sud muhokamasining vaqti va joyi haqida takroran xabar yuboradi.
Tegishli tarzda xabardor qilingan javobgar sud majlisiga takroran kelmasa, sud da’vogarning fikridan qat’i nazar, ishni sirtdan ish yuritish tartibida ko‘radi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 43-moddasi, 223-moddasi 8-bandi.
282-modda. Sirtdan ish yuritish tartibi
Ish sirtdan ish yuritish tartibida ko‘rilganida sud ishdagi mavjud dalillarni tekshirish bilan kifoyalanadi, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning vajlari va iltimoslarini e’tiborga olib, hal qiluv qarori chiqaradi, bu hal qiluv qarori sirtdan chiqarilgan deb ataladi.
Da’vogar tomonidan da’voning predmeti yoki asosi, da’vo talablari miqdori o‘zgartirilganda sud mazkur sud majlisida ishni sirtdan ish yuritish tartibida ko‘rishga haqli emas. Bu holda ishni ko‘rish da’vo arizasini da’vo predmeti yoki asosi, da’vo talablari miqdori o‘zgartirilgan holda javobgarga topshirish uchun keyinga qoldiriladi.
Agar sud majlisiga kelmagan javobgardan ishni uning ishtirokisiz ko‘rish haqida ariza kelib tushsa, ish sirtdan ish yuritish tartibida emas, umumiy tartibda ko‘rilishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 44-moddasi ikkinchi qismi, 220-moddasi to‘rtinchi qismi.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling