O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


Download 284.5 Kb.
bet127/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

302-modda. Ishni ko‘rib chiqish
Sud farzandlikka olish to‘g‘risidagi ishlarni farzandlikka oluvchilar (oluvchi), vasiylik va homiylik organlarining vakillari, shuningdek prokuror albatta ishtirok etgan holda ko‘rib chiqadi.
Zarur hollarda, sud farzandlikka olinayotgan bolaning ota-onasini (otasini yoki onasini), uning qarindoshlarini va boshqa manfaatdor shaxslarni, shuningdek o‘n yoshga to‘lgan bolaning o‘zini ishda ishtirok etishga jalb qilishi mumkin.
Sud farzandlikka olish to‘g‘risidagi ishlarni sudning yopiq majlisida ko‘rib chiqadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 12-moddasi ikkinchi qismi, 225, 233-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 21-sonli “Sudlar tomonidan farzandlikka olish haqidagi ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 6, 7-bandlari, 9-bandi uchinchi xatboshisi, 12, 14-bandlari.
303-modda. Sudning hal qiluv qarori
Sud farzandlikka olish to‘g‘risidagi ishni mazmunan ko‘rib chiqib, farzandlikka olish haqidagi arizani qanoatlantirish to‘g‘risida yoxud uni qanoatlantirishni butunlay yoki qisman rad etish haqida hal qiluv qarori chiqaradi.
Farzandlikka olish to‘g‘risidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, sudning hal qiluv qarorida farzandlikka olingan bolaning tug‘ilganligini qayd etish daftariga o‘zgartirishlar kiritish uchun zarur bo‘lgan farzandlikka olingan va farzandlikka oluvchilar (oluvchi) haqidagi barcha ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Bola bitta shaxs tomonidan farzandlikka olinayotganda uning manfaatlarini ko‘zlab, agar farzandlikka oluvchi erkak bo‘lsa, onasining xohishiga ko‘ra yoki agar farzandlikka oluvchi ayol bo‘lsa, otasining xohishiga ko‘ra, shuningdek agar farzandlikka olinayotgan bolaning otasi yoki onasi vafot etgan bo‘lsa, vafot etgan ota yoki ona ota-onasining (buvaning yoki buvining) iltimosiga ko‘ra sudning farzandlikka olish to‘g‘risidagi qarorida farzandlikka olingan bolaning otasi yoki onasi bilan yoxud vafot etgan otasining yoki onasining qarindoshlari bilan huquqiy munosabatlari saqlanib qolishi ko‘rsatib o‘tiladi.
Farzandlikka olish to‘g‘risidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, farzandlikka oluvchilar (oluvchi) va farzandlikka olinayotgan bolaning o‘zaro huquq va majburiyatlari farzandlikka olingan bolaning tug‘ilganligini qayd etish daftariga zarur o‘zgartishlar kiritilgan kundan e’tiboran belgilanadi.
Sud farzandlikka olish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran uch kun ichida ushbu hal qiluv qaroridan ko‘chirma nusxasini farzandlikka olinayotgan bolaning tug‘ilganligi ro‘yxatga olingan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga yuborishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 249, 251, 253-moddalari, O‘zbekiston Resppublikasi Oila kodeksining 164-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 21-sonli “Sudlar tomonidan farzandlikka olish haqidagi ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 7-bandi ikkinchi xatboshisi, 13, 23-bandlari.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling