O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Farzandlikka olishning bekor qilinishi


Download 284.5 Kb.
bet128/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

304-modda. Farzandlikka olishning bekor qilinishi
Farzandlikka olishni bekor qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va hal etish da’vo ishlarini yuritish tartibida hamda oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 303-moddasi, O‘zbekiston Resppublikasi Oila kodeksining 169 — 172-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 21-sonli “Sudlar tomonidan farzandlikka olish haqidagi ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 7-bandi birinchi xatboshisi, 25 — 30-bandlari, 32-bandi ikkinchi xatboshisi.
30-bob. Fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish va fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish
305-modda. Ariza berish va uning mazmuni
Fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish yoki vafot etgan deb e’lon qilish to‘g‘risidagi ariza manfaatdor shaxs tomondan bedarak yo‘qolgan fuqaroning oxirgi ma’lum bo‘lgan yashash joyidagi sudga beriladi.
Sud fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish yoki vafot etgan deb e’lon qilish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqishga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar o‘tganidan so‘ng kirishadi.
Arizada fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish yoki uni vafot etgan deb e’lon qilish arizachiga qanday maqsadlar uchun zarur ekanligi ko‘rsatilishi, shuningdek fuqaroning bedarak yo‘qolganligini tasdiqlaydigan yoxud bedarak yo‘qolgan shaxsga o‘lim xavfini solgan yoki u muayyan baxtsiz voqea tufayli halok bo‘lgan deb taxmin qilishga asos bo‘ladigan holatlar bayon qilinishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 293-moddasi 3-bandi, O‘zbekiston Resppublikasi Fuqarolik kodeksi 33, 36, 1170-moddalari.
306-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash
Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlashda bedarak yo‘qolgan shaxs to‘g‘risida kimlar (qarindosh-urug‘lari, birga ishlovchilar va boshqalar) ma’lumot bera olishi mumkinligini aniqlaydi, shuningdek bedarak yo‘qolganning ma’lum bo‘lgan so‘nggi yashash joyi va ish joyidagi tegishli tashkilotlardan (ichki ishlar organlaridan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan) bedarak yo‘qolgan shaxs to‘g‘risida bor ma’lumotlarni so‘rab oladi.
Sudya arizani qabul qilib olgach, ayni vaqtda vasiylik va homiylik organiga bedarak yo‘qolganning mol-mulkini saqlash, shuningdek uni boshqarish uchun shaxsni tayinlashni taklif qilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 201, 202, 204-moddalari.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling