O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash


Download 284.5 Kb.
bet126/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

301-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash
Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlashda ajrim chiqaradi, unga ko‘ra farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyidagi vasiylik va homiylik organlari zimmasiga farzandlikka olishning asosli ekanligi va farzandlikka olinayotgan bolaning manfaatlariga muvofiqligi to‘g‘risida sudga xulosa taqdim etish majburiyati yuklanadi.
Vasiylik va homiylik organining farzandlikka olishning asosli ekanligi to‘g‘risidagi va farzandlikka olinayotgan bolaning manfaatlariga muvofiqligi haqidagi xulosasiga quyidagilar ilova qilingan bo‘lishi kerak:
farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyi yoki farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) yashash joyi bo‘yicha vasiylik va homiylik organi tomonidan tuzilgan farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) yashash sharoitlarini tekshirish dalolatnomasi. Farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) yashash sharoitlarini tekshirish dalolatnomasida boshqa ma’lumotlar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 152-moddasida nazarda tutilgan farzandlikka olish uchun to‘siqlar borligi yoki yo‘qligi ko‘rsatilishi shart;
farzandlikka olinayotgan bolaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvidan ko‘chirma;
farzandlikka olinayotgan bolaning sog‘lig‘i holati, jismoniy va aqliy rivojlanishi haqidagi tibbiy xulosa;
o‘n yoshga to‘lgan farzandlikka olinayotgan bolaning farzandlikka olishga, shuningdek familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgartirilishi mumkinligiga va farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) uning ota-onasi (otasi yoki onasi) sifatida qayd etilishiga roziligi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 156-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno;
bola ota-onasining (otasining yoki onasining) uning farzandlikka olinishiga roziligi, o‘n olti yoshga to‘lmagan ota-onaning bolasi farzandlikka olinayotganda esa ota-ona qonuniy vakillarining ham roziligi, qonuniy vakillar mavjud bo‘lmagan taqdirda esa vasiylik va homiylik organining roziligi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 160-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno;
bolaning qarindoshlari bo‘lmagan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan farzandlikka olinganda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni va farzandlikka olishga nomzodlarni hisobga olish bo‘yicha ma’lumotlar bazasida farzandlikka olinayotgan bola to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjudligini tasdiqlovchi hujjat, shuningdek bolani O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari oilasiga tarbiyaga olish yoki bolaning qarindoshlari tomonidan, ushbu qarindoshlarning fuqaroligi va yashash joyidan qat’i nazar, farzandlikka olinishi imkoniyati mavjud emasligini tasdiqlovchi hujjatlar.
Boshqa davlat fuqarosi bo‘lgan bolani yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lgan bolani O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olishda vasiylik va homiylik organining farzandlikka olish asosli ekanligi to‘g‘risidagi va farzandlikka olinayotgan bolaning manfaatlariga muvofiqligi haqidagi xulosasiga ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan hujjat ilova qilinishi kerak.
Zarur bo‘lgan hollarda, sud boshqa hujjatlarni (ma’lumotlarni) ham talab qilib olishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 201, 202, 204-moddalari, O‘zbekiston Resppublikasi Oila kodeksining 155-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 21-sonli “Sudlar tomonidan farzandlikka olish haqidagi ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 5-bandi, 6-bandi uchinchi xatboshisi, 10-bandi birinchi xatboshisi.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling