O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ishni ko‘rib chiqishni tiklash


Download 284.5 Kb.
bet122/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

291-modda. Ishni ko‘rib chiqishni tiklash
Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarori ushbu qarorni qabul qilgan sud tomonidan bekor qilingan taqdirda, ishni mazmunan ko‘rib chiqish tiklanadi va mazkur Kodeksda nazarda tutilgan qoidalar asosida olib boriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 2-kichik bo‘limi (Da’vo ishini yuritish).
Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tartibda xabardor qilingan javobgar sud majlisiga kelmagan taqdirda, ish yangidan ko‘rib chiqilganda qabul qilingan hal qiluv qarori sirtdan qabul qilingan deb tan olinmaydi. Javobgar bu hal qiluv qarori sirtdan qabul qilingan qaror sifatida qayta ko‘rib chiqilishini so‘rab, ariza berishga haqli emas.
292-modda. Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorining qonuniy kuchi
Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 264-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq qonuniy kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 249 — 260-moddalari.
3-kichik bo‘lim. Alohida tartibda ish yuritish
27-bob. Umumiy qoidalar
293-modda. Sud tomonidan alohida ish yuritish tartibida ko‘rib chiqiladigan ishlar
Sud tomonidan alohida ish yuritish tartibida ko‘rib chiqiladigan ishlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 28-bobi.
2) bolani farzandlikka olish (bundan buyon matnda farzandlikka olish deb yuritiladi) haqidagi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 29-bobi.
3) fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish va fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish to‘g‘risidagi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 30-bobi.
4) fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 31-bobi.
5) shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 32-bobi.
6) shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 33-bobi.
7) voyaga yetmagan shaxsni to‘liq muomalaga layoqatli deb e’lon qilish (emansipatsiya) to‘g‘risidagi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 34-bobi.
8) mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish haqidagi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 35-bobi.
9) taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yo‘qolgan taqdirda, ular bo‘yicha huquqlarni tiklash (chaqirib ish yuritish) to‘g‘risidagi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 36-bobi.
10) yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 26-moddasi birinchi qismi 2-bandi, 37-bobi.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling