O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ariza berish va uning mazmuni


Download 284.5 Kb.
bet124/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

296-modda. Ariza berish va uning mazmuni
Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktni belgilash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ariza arizachi yashab turgan joydagi sudga beriladi.
Arizada muayyan faktni aniqlash arizachiga qanday maqsadlar uchun zarur ekanligi ko‘rsatilishi, shuningdek arizachining tegishli hujjatlarni olish imkoniyatiga ega emasligini yoxud yo‘qolgan hujjatlarni tiklab bo‘lmasligini tasdiqlovchi dalillar keltirilishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 293-moddasi 1-bandi, 295-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-yildagi “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 5-sonli qarorining 3 — 5-bandlari.
297-modda. Fakt aniqlanganligi to‘g‘risidagi hal qiluv qarori
Sudning hal qiluv qarorida: sud tomonidan aniqlangan fakt, uning qanday maqsadda aniqlanganligi, shuningdek mazkur faktni aniqlash uchun sud qanday dalillarga asoslanganligi ko‘rsatilishi kerak.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida qayd etilishi yoki boshqa organlarda rasmiylashtirilishi lozim bo‘lgan faktlarning aniqlanganligi to‘g‘risidagi sudning hal qiluv qarori ushbu organlar tomonidan beriladigan hujjatlarning o‘rniga o‘tmaganda, ana shunday qayd qilish yoki rasmiylashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-yildagi “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 5-sonli qarori 22-bandi.
29-bob. Farzandlikka olish
298-modda. Ariza berish
Farzandlikka olish to‘g‘risidagi ariza bolani farzandlikka olishni istagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudiga beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan bolani farzandlikka olishni istovchi O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlikka olish to‘g‘risidagi arizani farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyidagi tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudiga, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat yoki Toshkent shahar sudiga beradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 29-moddasi birinchi qismi, 293-moddasi 2-bandi, O‘zbekiston Resppublikasi Oila Kodeksining 151-moddasi ikkinchi, uchinchi qismlari, 1611-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 21-sonli “Sudlar tomonidan farzandlikka olish haqidagi ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 2— 4-bandlari.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling