O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-bob. Shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish


Download 284.5 Kb.
bet132/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

32-bob. Shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish
317-modda. Ariza berish
Shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish haqidagi ariza sudga shaxs yotgan psixiatriya muassasasi tomonidan beriladi.
G‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar ko‘rsatilgan arizaga shifokor psixiatrlardan iborat komissiyaning shaxsning psixiatriya statsionarida bundan keyin bo‘lishi zarurligi to‘g‘risidagi asoslantirilgan xulosasi ilova qilinadi.
Ariza psixiatriya muassasasi joylashgan yerdagi sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Sud arizani qabul qilish bilan bir paytda arizani sudda ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan muddatda shaxsning psixiatriya statsionarida bo‘lib turishi masalasini hal etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 293-moddasi 5-bandi, O‘zbekiston Respublikasining 31.08.2000-yildagi “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonuni 29-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 18.09.2015-yildagi “Shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga hamda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga yotqizish yoki uning ushbu muassasalarda yotishi muddatini uzaytirish bilan bog‘liq fuqarolik ishlari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi 14-sonli qarori 1 — 5-bandlari.
318-modda. Ishni ko‘rib chiqish
Shaxsni psixiatriya statsionariga yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish haqidagi ish sud tomonidan statsionarga yotqizilayotgan shaxsning qonuniy vakili va statsionarga yotqizishning asosliligi to‘g‘risida xulosa bergan komissiya tarkibidagi shifokor psixiatr, prokuror, shuningdek shaxs yotgan psixiatriya muassasasi vakili ishtirokida o‘n kunlik muddat ichida ko‘rib chiqiladi.
Sud majlisiga psixiatriya muassasasi vakilining uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmaganligi arizani ko‘rib chiqishga monelik qilmaydi, biroq sud uning kelishini shart deb topishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 50, 225, 233, 240, 245, 317, 319-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining 31.08.2000-yildagi “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonuni 29-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 18.09.2015-yildagi “Shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga hamda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga yotqizish yoki uning ushbu muassasalarda yotishi muddatini uzaytirish bilan bog‘liq fuqarolik ishlari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi 14-sonli qarori 6-bandi.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling