O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ish muhokamasida prokurorning ishtiroki


Download 284.5 Kb.
bet129/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

307-modda. Ish muhokamasida prokurorning ishtiroki
Fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish to‘g‘risidagi yoki fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi ishlar albatta prokurorning ishtirokida ko‘riladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 50, 245-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining 29.08.2001-yildagi “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonuni 4-moddasi birinchi, yettinchi xatboshilari, 33-moddasi.
308-modda. Sudning hal qiluv qarori
Sudning fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori bedarak yo‘qolgan shaxsning mol-mulki turgan joydagi vasiylik va homiylik organining bu mulkka nisbatan boshqaruvchi tayinlashi uchun asos bo‘ladi.
Sudning fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organining fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftariga mazkur fuqaroni vafot etgan deb yozib qo‘yish uchun asos bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 249, 251, 253-moddalari, O‘zbekiston Resppublikasi Fuqarolik kodeksining 34, 36-moddalari.
309-modda. Bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoki vafot etgan deb e’lon qilingan fuqaro qaytib kelishi yoki uning turgan joyi aniqlanishi oqibatlari
Bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoki vafot etgan deb e’lon qilingan fuqaro qaytib kelgan yoki uning turgan joyi aniqlangan taqdirda, sud o‘zining ilgarigi hal qiluv qarorini yangi hal qiluv qarori bilan bekor qiladi. Yangi hal qiluv qarori tegishincha mol-mulkka nisbatan boshqaruvni yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftaridagi fuqaroning vafotiga doir yozuvni bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 306 — 308-moddalari, O‘zbekiston Resppublikasi Fuqarolik kodeksining 35,37-moddalari.
31-bob. Fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish
310-modda. Ariza berish
Spirtli ichimliklar, giyohvandlik moddalari va psixotrop moddalarni suiiste’mol qilishi natijasida fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb topish to‘g‘risidagi yoki fuqaroni ruhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi) tufayli muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi ish uning oila a’zolari, vasiylik va homiylik organlari, prokuror, davolash muassasalari va boshqa davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalari bergan arizalar bo‘yicha qo‘zg‘atilishi mumkin.
Fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish to‘g‘risidagi ariza mazkur fuqaro yashab turgan joydagi, agar bu shaxs davolash muassasasiga joylashtirilgan bo‘lsa, mazkur muassasa joylashgan hududdagi sudga beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 293-moddasi 4-bandi, O‘zbekiston Resppublikasi Fuqarolik kodeksining 30, 31-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi o‘n yettinchi xatboshi.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling