O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-bob. Mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish


Download 284.5 Kb.
bet136/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

35-bob. Mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish
327-modda. Ariza berish
Mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish to‘g‘risidagi ariza davlat mol-mulkini boshqarish vakolatiga ega organ yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan mol-mulk (ashyo) turgan joydagi sudga beriladi.
Arizada qaysi mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish kerakligi ko‘rsatilgan bo‘lishi, shuningdek mol-mulk (ashyo) egasini aniqlashning imkoni yo‘qligini yoxud mol-mulk (ashyo) mulkdor tomonidan unga nisbatan mulk huquqini saqlab qolish niyatisiz qoldirganligini tasdiqlovchi dalillar keltirilgan bo‘lishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 293-moddasi 8-bandi, 328 — 330-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 191, 1157-moddasi.
328-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash
Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlashda mol-mulk (ashyo) kimga tegishli ekanligi to‘g‘risida ma’lumot berishi mumkin bo‘lgan shaxslarni (mol-mulkning (ashyoning) mulkdorlari, unga amalda egalik qilib turganlar, qo‘shnilar va boshqalarni) aniqlaydi, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan mol-mulkka doir mavjud ma’lumotlarni so‘raydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 201 — 204-moddalari.
329-modda. Ishni ko‘rib chiqish
Mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish to‘g‘risidagi ish arizachining vakili, uchinchi shaxslar va prokuror ishtirokida sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 50, 225, 233, 240, 245-moddalari.
330-modda. Sudning hal qiluv qarori
Sud mol-mulkni (ashyoni) mulkdori yo‘q yoki mulkdori noma’lum yoxud mol-mulk (ashyo) mulkdor tomonidan unga nisbatan mulk huquqini saqlab qolish niyatisiz qoldirilgan deb topsa, mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish va uni davlat mulkiga yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mulkiga o‘tkazish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 122-moddasi 11-bandi, 195-moddasi birinchi qismi 8-bandi, 249, 251, 253-moddalari.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling